Richa Chadda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richa Chadda
Tavalludi 1985-yil 18-dekabr[1][2]
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2008-yildan hozirgi kungacha

Richa Chadda(1986-yil 18-dekabrda tugʻilgan) - hind filmlarida rol o'ynagan hind aktrisasi. "Lucky Lucky Oye"(Baxtli Oye!) komediya filmida kichik rolda debyut qilgan.[3] Chaddaning yutugʻi 2012-yilda “Gangs of Wasseypur"(Vasseypur toʻdalari) nomli gangster filmidagi roli bo'ldi. Filmdagi gangsterning urushqoq va qoʻpol soʻzli xotini roli unga "Filmfare" mukofotini olib keldi.[4] 2015-yilda Chadda "Masaan"(2015) drama filmida bosh rolda debyut qildi.[5]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1986-yil 18-dekabrda Panjob shtati Amritsar shahrida tug'ilgan. Uning otasi tadbirkor va onasi Kusum Lata Chadda Dehli universitetining "PGDAV" kollejida siyosatshunoslik professori bo'lib ishlaydi. Onasi kitoblar muallifi va Gandhi Smriti bilan birga ishlaydi.[6][7]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chadda o'z faoliyatini model sifatida boshlagan, keyin esa teatrga o'tgan. U Hindiston va Pokistonda gastrollarda sahnalashtirilgan teatr truppalarida qatnashgan edi. Keyinchalik, u Barry John qo'l ostida ham ta'lim oldi.[8][9]

Dastlabki faoliyati (2008–2011)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chadda "Gangs of Wasseypur – Part 1"(Vasseypur to'dalari 1-qism) va "Gangs of Wasseypur – Part 2"(Vasseypur to'dalari 2- qism)ni nishonlash tadbirida.

Chadda 2008-yilda Dibakar Banerjiee rejisyorlik qilgan "Lucky Lucky Oye" filmida, Dolly nomli ikkinchi darajali rolda debyutini o'tkazdi. U 2010-yilda "Benny and Babloo" komediya filmida Fedora rolida paydo bo'lgan. Shu bilan birga, u rol o'ynagan "Nirdoshi" deb nomlangan filmi, deyarli uch yillik kechikishdan keyin 2010-yilda sahnaga chiqdi.[10][11]

Yutuqlari (2012–2015-yillar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda u Anurag Kashyapning "Gangs of Wasseypur – Part 1"(Vasseypur to'dalari 1-qism) bosh rolni o'ynadi. Syujet (50 yilni qamrab olgan) uchta jinoyatchi oila o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash, siyosat va qasos haqida hikoyadan iborat.[12] Filmning premyerasi 65-Kann kinofestivalida bo'lib o'tdi. U Nagma Khatoon rolini ijro etishni davom ettirgan holatda "Gangs of Wasseypur – Part 2"(Vasseypur to'dalari 2-qism) filmida ham rol ijro etgan edi. Chadda nomzodi "Filmfare Award"da “Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli” nominatsiyasiga qo'yildi[13] va eng yaxshi aktrisa uchun "Filmfare Critics Award" mukofotini qo'lga kiritdi.[14]

Chadda 2013-yilda Mrighdeep Singx Lamba tomonidan suratga olingan "Fukrey" komediya filmida qattiq gapiradigan ayol Bholi Panjaban rolini ijro etgan edi. Keyin u "Anurag Kashyap" tomonidan ishlangan "Epilogue" nomli qisqa metrajli filmida rol ijro etgan.[15]

Chadda keyinchalik Sanjay Leela Bhansalining Shekspirning "Romeo va Juletta" tragediyasi asoslangan "Goliyon Ki Raasleela Ram-Leela" deb nomlanuvchi dramatik filmdagi Rasila rolini ijro etgan. Bu roli uchun uning nomzodi "IIFA Best Supporting Actress" nominatsiyasiga qo'yildi. Chadda 2014-yilda Navneet Behal rejissorligidagi “Tamanchey” filmida jinoyatchi Babu rolida paydo boʻldi. U 71-Venetsiya xalqaro kinofestivalida rejadan tashqari holatda namoyish etildi.[16][17]

Tanqidlar va kinodagi muvaffaqiyatlari (2016-yildan hozirgi kungacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil yanvar oyida Chadda "Chalk n Duster" ijtimoiy yo'nalishdagi filmda jurnalist sifatida paydo bo'ldi.[18][19] Keyinchalik u Sarabjit Singx hayotiga asoslangan biografik-drama filmi "Sarbjit"da rol ijro etgan. U Sukhpreet rolini o'ynagan. Ushbu filmda Aishwarya Rai va Randeep Huda bilan birga rol o'ynagan.[20]

2017-yilda Richa Hindistonning "Inside Edge" veb-serialida harakat qilib, kurashayotgan aktrisaning aks ettiruvchi rolni o'ynadi.[21] Serial ham tanqidchilar, ham tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilindi.[22][23][24] U 2013-yilda suratga olingan “Fukrey” filmining davomi boʻlgan “Fukrey Returns” filmidagi Bholi Punjaban rolini ijro qilgan.[25][26][27]

Fayl:Richa Chadda at the screening of ʻShubh Mangal Saavdhan’.jpg

Richa Chadda Sudhir Mishraning "Devdas" dostonining'Aur Devdas deb nomlangan versiyasida Paro rolida ishlagan.[28] Uning Puja Bhatt bilan birgalikda o'ynagan filmi "Kabare", 2019-yil 9-yanvarda ekranga chiqdi.[29] Chadda shuningdek, David Womarkning "Love Sonia" hind-amerika filmida rol ijro qildi. Filmning jahon premyerasi 2018-yil 21-iyun kuni London hind kinofestivalida boʻlib oʻtdi.[30] Film 2018-yil 14-sentabrda Hindistonda ekranga chiqdi.[31][32][33] Uning “Panga” filmidagi bosh rolda Kangana Ranaut bilan o'ynagan roli 2020-yil 24-yanvarda ekranlarga chiqdi.[34][35] Uning soʻnggi “Shakeela” filmi 2020-yil 25-dekabrda kinoteatrlarda chiqdi.[36]

Uning bo'lajak roli Anubhav Sinhaning "Abhi Toh Party Shuru Hui Hui" filmida bo'lishi rejalashtirilgan.[37]

Film olish ishlari (2021-yildan hozirgi kungacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda u Ali Fazal bilan birgalikda "Pushing Buttons Studios" nomli o'zining film ishlab chiqarish kompaniyasini ochdi.[38][39]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil may oyida Chadda "NDTV" telekanaliga bergan intervyusida, u bir necha yil davomida bulimiya (ovqatlanishning buzilishi) bilan ogʻriganini[40] va tuzalib ketganini aytdi.[41] U o'zining kasalligining kelib chiqishini oilalar va jamiyatdagi boshqa oilalarda yuz berayotga patriarxat tizim tufayli deb hisoblagan. U shu sababli ham jamiyatdagi ayollarni erkinroq yashashga va o'zi uchun yashashga chaqirgan.[42][43]

U Ali Fazal bilan yaqin munosabatda bo'lgan.[44] Hozirda u Mumbayda istiqomat qiladi.[45]

Richa Chadda B.R. Ambedkarni o'zining ustozi deb biladi.[46][47][48]

Aktyorlikdan boshqa ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Modellik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda u hayvonlarga yaxshi munosabatda bo'lishga chaqiruvchi tadbirlarning reklamasida suv parisi sifatida suratga tushib, odamlarni baliq iste'mol qilmaslikka va vegetarian bo'lishga undagan.[49] O'sha yili u "Lakme Fashion Week"[50] model bo'lib qatnashdi va "Tvial Disasters" nomli spektaklda o'ynadi.[51] U vegetarianizmni qo'llab-quvvatlovchi "PETA" reklamalarida paydo bo'lgan bo'lsa-da, u Hindistonning Maxarashtra shtatida mol go'shti yeyishni taqiqlanishiga qarshi chiqdi.[52]

U, shuningdek, "Minute Maid", "Tata Sky", "Archies Gallery", "Virgin Mobile" va "Cadbury Dairy Milk Chocolate" kompaniyalari mahsulotlarining reklamasida qatnashgan.[53]

Faollik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kann kino festivalida

2020-yil yanvar oyida aktrisa Mumbaydagi norozilik namoyishida qatnashgan (kino vakillarining boshqa aktyorlari bilan birga) va jabrlangan talabalarga birdamligini bildirdi.[54] U 2019-yil 15-dekabrda talabalar norozilik bildirgan "Jamia Millia Islamia" va "Aligarh Muslim" universiteti talabalariga politsiya tomonidan bosim oʻtkazilishiga qarshi chiqqan edi.[55] Chadda 2021-yil iyun oyida, epidemiya vaqtida, jamiyatdagi yaxshi munosabatlarni koʻpaytirish maqsadida "The Kindry" ijtimoiy media faoliyatini yaratdi. Chadda va uning do'sti, tadbirkor Krishan Jagota Instagramda, yuqoridagi harakatni qo'llab-quvvatlovchi sahifani ochdi.[56]

Koʻrishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaddaning ta'kidlashicha, Hindistonda din, ayollarni tarbiyalashda yoki festivallarni nishonlashda vositaga aylandi. Chadda o'zini dinsiz deb bilsada, dinni chuqur o'rgansa ayollarga bo'lgan ijobiy munosabat shunchalik oshadi degan fikrda.[57] Chadda 2018-yil may oyida Hinduizmni dinini ruhoniylar noto'g'ri mafkura bilan chalg'itayotgani haqida gapirgan.[58] Chadda Tvitterda "Ha, Hindistonda hinduizm xavf ostida". Biroq, Hindutva tarafdorlari Hinduizmga tahdid solmoqda. Hindutva ta'siridan xalos bo'ling va din najot topadi. Jamoat manfaat ko'radi" deb aytgan.[59] Shundan so'ng, Chaddaga Hinduizm trollaridan zo'rlash va qotillik tahdidlari bo'ldi.[59] Uning Ali Fazal bilan o'zaro munosabatlariga kelsak, Chadda har ikki tomondan hech qanday e'tirozlar yo'qligini aytadi, chunki ularning ota-onasi sevgini tushunishini e'tirof etgan. Chadda otasi panjabi, onasi esa bihari ekanligini va ular har qanday mutaassiblikka qaramasdan ajoyib munosabatda ekanligini aytdi.[60] Uning so'zlariga ko'ra, "Mana, bu Hindiston. Biz hammamiz bir tan-u bir jon bo'lib yashashimiz kerak" deb aytgan.[61]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Kino nomi Roli Eslatma
2008 Oye Lucky! Lucky Oye! Dolly
2010 Benny and Babloo Fedora
2012 Gangs of Wasseypur – Part 1 Nagma Khatoon Filmfare Award for Best Actress (Critics)
Gangs of Wasseypur – Part 2 Filmfare Award for Best Supporting Actressga

nomzod sifatida ko'rsatilgan

2013 Fukrey Bholi Punjaban
Shorts Girlfriend
Goliyon Ki Rasleela Ram-Leela Rasila Sanera
2014 Tamanchey Babu
Words with Gods Meghna Indian-Mexican-American film
2015 Masaan Devi Pathak Indian-French film[62]
Main Aur Charles Mira Sharma
2016 Chalk n Duster Bhairavi Thakkar
Sarbjit Sukhpreet Kaur Filmfare Award for Best Supporting Actressga nomzod sifatida ko'rsatilgan
2017 Jia Aur Jia Jia
Fukrey Returns Bholi Punjaban
2018 3 Storeys Leela
Daas Dev Paro
Love Sonia Madhuri
Ishqeria Kuku
2019 Cabaret Rose/Razia/Rajjo
Section 375:Marzi Ya Jabardasti Public prosecutor Hiral Gandhi
2020 Panga Meenu Filmfare Award for Best Supporting Actressga nomzod sifatida ko'rsatilgan
Shakeela Shakeela
Ghoomketu Pagaliya
2021 Madam Chief Minister Tara Roopram [63]
Lahore Confidential Ananya Srivastav
2022 Abhi Toh Party Shuru Hui Hai Films that have not yet been released TBA [64]
Fukrey 3 Films that have not yet been released Bholi Punjaban [65]

Podkast[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Hamkor yulduz O'rta Izohlar
2021 Virus 2062 Dr. Gaytri Ali Fazal Spotify [66]

Seriyallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2014 24[67] Sapna Cameo ko'rinishi
2017–Present Inside Edge Zarina Malik [68]
2019 One Mic Stand[69] Herself Stand-up komediya
2020 55 km/sec Srishti Qisqa metrajli film[70][71][72]
2021 Candy Ratna Sankhwar [73][74]
2022 The Great Indian Murder DCP Sudha Bhardwaj

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Mukofot Natija va kategoriyasi Manba
2013 Gangs of Wasseypur Filmfare Awards G'olib
Nomzod sifatida ko'rsatilgan
Screen Awards Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa [75]
Stardust Awards Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa [76]
Zee Cine Awards Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa [77]
2014 Fukrey Screen Awards G'olib [78]
Star Guild Awards Nomzod sifatida ko'rsatilgan [79]
Goliyon Ki Raasleela Ram-Leela Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa [79]
International Indian Film Academy Awards Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa [80]
Screen Awards Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa [81]
2015 Masaan Stardust Awards G'olib [82]
2016 Sarbjit Filmfare Awards Nomzod sifatida ko'rsatilgan [83]
2019 Section 375 Screen Awards Eng yaxshi aktrisa (tanqidchilar) [84]
2020 Panga Filmfare Awards Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa
  • Richa Chadha hind kinosiga qoʻshgan katta hissasi uchun “Bharat Ratna Doktor Ambedkar mukofoti 2020” bilan taqdirlandi. U bu mukofotniMaxarashtra gubernatori Bhagat Singx Koshyaridan qabul qilib oldi.[85][86]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Priya Gupta. „Dating an actor is even worse, says Richa Chadda“. The Times of India (9-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2015-yil.
  2. „Richa Chadha's star-studded birthday bash“. The Indian Express (18-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 8-mart 2016-yil.
  3. Desk, India.com Entertainment. „Richa Chadda is a stunner on Verve cover!“ (en). India.com (31-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  4. „'Barfi!' Sweeps India's Filmfare Awards – The Hollywood Reporter“. The Hollywood Reporter (21-yanvar 2013-yil). 2013-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2013-yil.
  5. „Richa Chadda's 'Masaan' gets standing ovation at Cannes“. Times Internet (20-may 2015-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.
  6. +relativeTime_tweet(this.created_at)+. „Richa Chadda At Her Candid Best!“. Magnamags.com (30-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 6-mart 2013-yil.
  7. „Richa Chadda enjoying newfound fame“. Zeenews.india.com. 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2013-yil.
  8. „An Interview With Oye Lucky Lucky Oye's Dolly – Richa Chadda“. Passionforcinema.com. Qaraldi: 15-fevral 2019-yil.
  9. „Manoj Bajpayee is a good man: Richa“. The Times of India. Qaraldi: 15-fevral 2019-yil.
  10. „Review : (2010)“ (en). Sify.com. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  11. „Mohaka Taare Video Song II Nirdoshi II Piyush, Richa“ (6-mart 2015-yil). 2022-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2019-yil.
  12. „I am looking for a boyfriend, says Gangs of Wasseypur actress Richa Chadha“. NDTV. 15-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2014-yil.
  13. „58th Idea Filmfare Awards nominations are here!“. Filmfare (13-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2013-yil.
  14. „Winners of 58th Idea Filmfare Awards 2012“. Bollywood Hungama (20-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2013-yil.
  15. Sen. „Movie review: Nawazuddin Siddiqui, Huma Qureishi steal the show in 'Shorts'“ (15-iyul 2013-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2014-yil.
  16. „International competition of feature films“. Venice. 28-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2014-yil.
  17. „Main Aur Charles review: Randeep Hooda is seductive as the deadly Charles Sobhraj“ (en-US). Firstpost.com. Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  18. „Richa Chadha to play journalist“ (en-US). The Indian Express (25-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  19. „Richa Chadha to start shooting 'Chalk n Duster' soon“ (en-US). The Indian Express (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  20. „Richa Chadha joins Aishwarya Rai Bachchan, Randeep Hooda as cast of 'Sarabjit' | Latest News & Updates at Daily News & Analysis“ (en-US). Daily News and Analysis (23-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  21. „Inside Edge: Richa Chadha to be a part of its two more seasons“ (en-US). The Indian Express (31-iyul 2017-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  22. „Inside Edge Receives Massive Response; Audience Demands For A Season 2“ (en-US). Businessofcinema.com (13-iyul 2017-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  23. „Jia Aur Jia Movie Review: Kalki Koechlin, Richa Chadha's Film Doesn't Exactly Light Up The Screen“. Ndtv.com. Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  24. „Jia Aur Jia – Movie“. Box Office India. Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  25. „Richa Chadda starts filming for Fukrey 2“. The Times of India.
  26. „Fukrey Returns Teaser: The Fukreys are in trouble again all thanks to Bholi Panjaban, and we just cannot wait. Watch video“. MSN. Qaraldi: 9-avgust 2017-yil.
  27. „Richa Chadda to take Bholi Punjaban on stand-up comedy tour to promote Fukrey Returns“ (en-US). Firstpost.com. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  28. „Sudhir Mishra starts shooting Aur Devdas and not Pyaas“. Bollywood Hungama (13-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2014-yil.
  29. „Richa Chadha starts shooting for Pooja Bhatt's 'Cabaret'“. The Indian Express. Indian Express Limited. Indo-Asian News Service (9-iyun 2015-yil). Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  30. „OPENING NIGHT GALA: Love Sonia“ (en-GB). London Indian Film Festival (24-aprel 2018-yil). Qaraldi: 26-mart 2019-yil.
  31. „'Love Sonia' is a hard-hitting story that deals with human trafficking“ (en). The Times of India. Qaraldi: 26-mart 2019-yil.
  32. „Good scripts are few and far between: Richa Chadha“ (13-avgust 2019-yil).
  33. „Sarah Paulson is Richa Chadha's inspiration for 'Section 375'“. The Times of India. 2019-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  34. Bhowal. „Panga: Richa Chadha And Pankaj Tripathi Join The Cast Of Kangana Ranaut's Film“. NDTV (12-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 7-mart 2019-yil.
  35. „Lahore Confidential teaser : starrer Richa Chadha and Arunoday Singh“ (en-US). indvox. 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  36. „'Shakeela' trailer: Richa Chadha-Pankaj Tripathi show 'absolute truth' of adult star in upcoming biopic“ (en). DNA India (16-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2020-yil.
  37. „Richa Chadha shares exquisite first look from her upcoming love drama; see pic“ (en). Free Press Journal. Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  38. „Richa Chadha and Ali Fazal announce first production Girls Will Be Girls“ (en). Hindustan Times (4-mart 2021-yil). Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
  39. „Richa Chadha & Ali Fazal's first Indian production challenges gender taboos“ (en). The Times of India. Qaraldi: 5-mart 2021-yil.
  40. „'I felt guilty every time I was hungry' – Mumbai Mirror -“. Mumbai Mirror. Qaraldi: 14-mart 2018-yil.
  41. Sharma. „#CosmoExclusive: Richa Chadha Opens Up About Struggling With an Eating Disorder Called Bulimia“ (en). Cosmopolitan. Qaraldi: 27-noyabr 2019-yil.
  42. „Richa Chadda: "Eating disorders are the best-kept secret of the film industry"“ (en-US). VOGUE India (30-may 2016-yil). Qaraldi: 14-mart 2018-yil.
  43. „Richa Chadha to reveal struggle with Bulimia in debut book“. Mid-day.com (7-aprel 2017-yil). Qaraldi: 14-mart 2018-yil.
  44. „Ali Fazal on his wedding with Richa Chadha: I don't know what kind of wedding celebration it will be now, given the new norms“. The Times of India (17-may 2020-yil). 6-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2020-yil.
  45. „Richa Chadha and Ali Fazal move in together into sea-facing Mumbai apartment“ (en). India Today (23-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
  46. „Ambedkar My Icon Too: Richa Chadha Calls Out Troll Who Questions Her T-Shirt Featuring Social Reformer“. India.com (20-yanvar 2021-yil).
  47. „डॉ. बाबासाहेब आंबेडकर माझेही आयकॉन आहेत, मी ब्राह्मण नाही...“. Lokmat (20-yanvar 2021-yil).
  48. „'आंबेडकर माझे आदर्श, मी काही ब्राह्मण नाही' | eSakal“. esakal.com.
  49. "Richa Chadda Turns Mermaid for PETA India," Times of India, 20 February 2014.
  50. „Richa Chadda to walk for Sounia Gohil at LFW“. The Times of India. Qaraldi: 11-oktabr 2014-yil.
  51. „Going cuckoo on stage!“. The Times of India. Qaraldi: 11-oktabr 2014-yil.
  52. PTI. „Farhan Akhtar, Vir Das, Richa Chadda and Others Slam Beef Ban in Maharashtra“ (en). India West. 2015-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  53. „Richa Chadda Overview in Koimoi“. Koimoi. Qaraldi: 15-oktabr 2014-yil.
  54. Dhillon, Amrit. „Bollywood backing grows for students in anti-Modi protests“ (en-GB). The Guardian (9-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  55. „#CAAProtests: Richa Chadha and Ashoke Pandit engage in a Twitter war; here's why“ (en-GB). The Times of India (18-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  56. „Richa Chadha: One doesn’t have to be an activist to call out wrong“ (en). The Indian Express (2021-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  57. „Hypocrisy in name of religion annoys actress Richa Chadha“ (en). The Indian Express (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  58. Staff. „Richa Chadha's 'public interest notice: 'Get rid of Hindutva supporters to save Hinduism'“ (en-US). Janta Ka Reporter 2.0 (2018-yil 6-may). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  59. 59,0 59,1 „Richa Fires Back After Getting Rape & Murder Threat For Her Remark On ʻHindutva’ Supporters“ (en-IN). IndiaTimes (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  60. „Richa Chadha on being in an interfaith relationship with Ali Fazal: ʻMy life is like that ad, feel sorry for loveless people’“ (en). Hindustan Times (2020-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  61. Desk. „'Don't Think Family..' Richa Chadha on Inter-Religion Relationship With Ali Fazal:“ (en). www.india.com. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  62. „Richa Chadda's Masaan won two awards at Cannes“. Hindustan Times. 4-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  63. „Richa Chadha wields a broom as she turns Madam Chief Minister, see new poster“. Hindustan Times (4-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  64. „Meet the cast of Anubhav Sinha's next film Abhi Toh Party Shuru Hui Hai“ (en-IN). The Indian Express (9-aprel 2018-yil). Qaraldi: 26-mart 2019-yil.
  65. „Richa Chadha, Ali Fazal, Varun Sharma, Pulkit Samrat, and Manjot Singh’s Fukrey 3 goes on floors“. Bollywood Hungama (4-mart 2022-yil). Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  66. „Virus 2062 with Ali Fazal & Richa Chadha (Hindi Audio Thriller Podcast)“ (en). Spotify. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  67. IANSUpdated:2-dekabr 2013-yil, 4:00 PM IST. „Richa Chadda: I am not interested in any TV show except '24'“. News18 (2-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
  68. „Richa Chadha: I don't relate to Zarina Malik from Inside Edge at all“ (inglizcha). 21–noyabr 2019–yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  69. „Richa Chadha on One Mic Stand: It is nerve-racking to do stand-up comedy | Entertainment News,The Indian Express“. The Indian Express (15-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2020-yil.
  70. Mitra, Shilajit. „Cosmic drift“. The Indian Express (4-fevral 2021-yil). Qaraldi: 10-may 2021-yil.
  71. „Mrinal Dutt shares details of his next project“. The Tribune (8-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 10-may 2021-yil.
  72. „55km/sec review: Richa Chadha, Mrinal Dutt stuck in a confused narrative“ (en). Hindustan Times (20-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 9-avgust 2021-yil.
  73. Sharma, Sampada. „Candy Web series“. The Indian Express (10-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2021-yil.
  74. ANI. „Candy Richa CHadha, Ronit Roy“. Mid-day (30-avgust 2021-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2021-yil.
  75. „Nominations of 19th Screen Awards“. Screen India. 8-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-fevral 2013-yil.
  76. „Nominations of Stardust Awards 2014“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 18-fevral 2013-yil.
  77. „Winners of Zee Cine Awards 2012“. Bollywood Hungama (23-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2012-yil.
  78. „Winners of 20th Screen Awards“. Screen Awards. 13-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-fevral 2013-yil.
  79. 79,0 79,1 „Nominations for Renault Star Guild Awards 2014“. Filmibeat.com. Qaraldi: 4-sentabr 2014-yil.
  80. „IIFA 2014 Nominations“. IIFA. 22-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2014-yil.
  81. „Nominations of 20th Screen Awards“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 18-fevral 2013-yil.
  82. „Winners of Stardust Awards“. Movies NDTV. Qaraldi: 19-yanvar 2016-yil.
  83. „Nominations for Filmfare Awards“. Filmfare.
  84. „Watch Star Screen Awards Season 5 Episode 4 on Hotstar Premium“ (en). Hotstar. Qaraldi: 25-yanvar 2020-yil.
  85. „Richa Chadha Honoured With Bharat Ratna Dr Ambedkar Award 2020“. outlookindia.com/.
  86. „Richa Chadha honoured with Bharat Ratna Ambedkar award: 'I woke up to the greatness of the giant that was Babasaheb very late in life'“. Hindustan Times (20-noyabr 2020-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]