Amritsar
Amritsar — Hindistonning shimolidagi Panjob shtatining eng katta shahri va temir yoʻl tuguni. Aholisi 709 ming kishi (1991). Eng muhim savdo va sano-at (asosan toʻqimachilik va oziq-ovqat) markazi. Jun, ip va ipak gazlamalar ishlab chiqarish, gilam toʻqishda mashhur. Mashina-sozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Metall, suyak, koʻndan har xil buyumlar yasaladi. A. 1577-yilda muqaddas „Obihayot koʻli“ (sanskrit tilida „Amrita-Sa-ras“) atrofida sekhlarning toʻrtinchi gurusi Ram Das tomonidan barpo etilib, sekhlarning muqaddas shahri, tarixiy, diniy va madaniy markazita aylangan. A.da 16-17-asrlarda qurilgan „Oltin ibo-datxona“- sekhlarning muqaddas obi-dasi bor (1761-yilda vayron boʻlgan, soʻng qayta tiklangan). Shahar 19-asrda Ranjit Singh davlati tarkibida boʻlgan. 1849-yilda inglizlar bosib olgan. Hindiston mustaqillikka erishgunga qadar mustam-laka tarkibida boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |