Refa bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Refa Karagan bank, shuningdek Refa bank nomi bilan ham mashhur ( forscha: بانک رفاه tilida , Bank Refah ), Eronning yirik banklaridan biri sanaladi. Bosh ofisi Tehronda joylashgan Refa bank Eron Ijtimoiy xavfsizlik tashkilotiga tegishli va u tomonidan nazorat qilinadigan chakana xizmatlar ko'rsatish bankidir. Refa bank milliondan ortiq mijozlarga to'liq mahsulot va xizmatlarni taqdim etadi. Uning SWIFT manzili REFAIRTH.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishchilar banki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Refa bank 1960-yilda Eron ishchilariga asosiy bank xizmatlarini ko'rsatish uchun tashkil etilgan. Ushbu xizmatlar sug'urta mukofotlarini yig'ish, ish haqi va pensiyalarni to'lash, ipoteka va jismoniy shaxslar uchun kreditlarni o'z ichiga olgan. Refa bank 1979-yilda Islom inqilobidan bir yil o'tmasdan milliylashtirilgunga qadar notijorat bank hisoblangan. Eron Islom Majlisi tomonidan qabul qilingan Milliylashtirish qonuni bilan bank mulki hukumat tasarrufiga o'tdi. Shuningdek, u tijorat banki sifatida qayta tasniflandi.

Egaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronning 1959-yilgi moliyaviy byudjetining 39-moddasiga muvofiq, Refa bankning ustav kapitali 400 million Eron rialini (5,7 million AQSh dollaridan sal ko'proq) tashkil etgan. Ustav kapital to'liq Eron Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti tomonidan shakllantirilgan. Bank 1979-yilda milliylashtirilgan boʻlsa-da, uning boshqaruvi 1993-yilda Ijtimoiy taʼminot tashkilotiga (hozirda Farovonlik va ijtimoiy ishlar vazirligi nomi bilan ataladi) qaytarildi. 2001-yil mart oyida bank kapitali 1,961 milliard rial (taxminan 250 million AQSh dollari) ga ko'tarildi, shundan 94 foizi Eron Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti tomonidan to‘lagan.[1] Hozirda bankning Belarusda Onerbank nomli sho'ba banki faoliyat ko'rsatmoqda[2]

Sanksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 6-sentabrda Lyuksemburgdagi Yevropa Bosh sudi Eronning yadroviy va raketa dasturlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun Refa bankka qarshi 2010-yildan beri amalda boʻlgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Sud qarori Yevropa Ittifoqi sanksiyalar sababini tushuntira olmagani uchun qabul qilindi.[3][4] 2016-yil holatiga koʻra, Yevropa Ittifoqining bank aktivlarini muzlatish qarori hali ham amalda edi.[5]

Islom bankchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erondagi barcha banklar 1983-yilda Eron Islom Majlisi tomonidan qabul qilingan Eronning Islom bankchiligi qonunida ko'zda tutilgan bank tamoyillari va amaliyotlariga amal qilishlari kerak.[6] Ushbu qonunga ko'ra, banklar faqat foizsiz islomiy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin ( foiz sudxo'rlik yoki ribo hisoblanadi va Islom dini va Qur'oni karim tomonidan taqiqlangan). Qonun ulushdan "foyda olish" evaziga tovar va xizmatlar almashinuvini o'z ichiga olgan tijorat operatsiyalari amalga oshirish imkonini beradi. Bu kabi barcha operatsiyalar Muzoraba, Forush Ag'sati, Joala, Salaf va Qaz hasana kabi islomiy shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar va tegishli amaliyotlar tafsilotlari Eronning Foizsiz bank qonunchiligi va uning ko'rsatmalarida keltirilgan.

2007-yil iyul oyida bank "Oltin tangalar depozit hisobi" nomli yangi bank xizmatini ishga tushirdi.[7] Ushbu yangi xizmat orqali Refa bank mijozlari oltin tangalarini maxsus depozit hisobvarag‘iga qo‘yishlari va buning evaziga ballarni olishlari mumkin, keyinchalik ushbu ballar kelajakda kreditlar va qarzlarga almashtirilishi mumkin. Eron ommaviy axborot vositalarida katta e'tirof etilgan ushbu noyob omonat hisobining ochilishi Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajodning prezident nutqida ham tilga olindi.[8]

Bank boshqaruv raisi Payman Nuri 2007-yilning mart oyida uning bankiga Eron Markaziy banki tomonidan xalqaro kredit kartalarini chiqarish vakolati berilganini e'lon qildi.[9]

Moliyaviy raqamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 16-iyun holatiga ko'ra (1 AQSh dollari 10 400 Eron rialiga teng):[10]

  • Jami aktivlar = 41,453 mlrd rial
  • Kapitalizatsiya = 895 mlrd rial
  • Jami daromad = 1,614 mlrd rial
  • Jami kreditlar = 29,441 mlrd rial
  • Jami depozitlar (qisqa va uzoq muddatli) = 25,719 mlrd rial
  • Filiallar soni = 1128
  • Xodimlar soni = 9570
  • Bozor ulushi = jami depozitlarning 6,8% va jami kreditlarning 5%

Hozirgi boshqaruv raisi va boshqaruv a'zolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Doktor Ismoil Lolagoniy, Boshqaruv raisi
  • Farshid Farruhnajod
  • Najat Aminiy
  • Ali Sarzaim
  • Hamidrizo Fathi Beyranvand

Oldingi boshqaruv raisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muhammad Ali Sahmoniy
  • Ali Sedg'i
  • Jafar Safoi Mazid
  • Ismoil Lolagoniy
  • MuhammadJavod Mohag'eg'niya
  • Farshid Farruhnajod

Muhim binolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Valiasr binosi — Tehron, Valiasr shoh ko'chasi, 2584-uy
  • Pardis binosi — Tehron, Sheroz Shomali, 40-uy

Boshqaruv raisining to'lovlar bo'yicha munozarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil iyun oyida ma'murlarning huquq va imtiyozlari haqidagi yangiliklar saytida bank boshqaruv raisi (Ali Sidqiy)ning daromadlar haqidagi yangiliklar relizi tez-tez tortishuv va munozaralarga sabab bo'ldi.

Axborot texnologiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Refa bank 1970-yillarning boshida o'zining birinchi ma'lumotlarni qayta ishlash bo'limini tashkil etdi. Ma'lumotlarni qayta ishlash bo'limi kichik IBM 370 Mainframe kompyuteri bilan jihozlangan bo'lib, qurilma asosan depozit va ipoteka hisoblarini paketli qayta ishlash uchun foydalanilgan. Keyinchalik 1976-yilda bankning axborot texnologiyalari bo'limi tugatildi va uning xodimlari Eron Ijtimoiy xavfsizlik tashkilotining (ISSO) IT bo'limiga ko'chirildi. O'sha paytda AQShning Elektron Ma'lumotlar Tizimlari (Electronic Data Systems, EDS) Eron Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti uchun ijtimoiy xavfsizlik dasturini ishlab chiqqan va ISSO ma'lumotlar markazini boshqarar edi. 1978-yildagi inqilobdan keyin ISSO va EDS bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Refa bank ISSO ma'lumotlar markazidan foydalanishni to'xtatdi va ma'lumotlarga ishlov berish jarayoni qo'lda amalga oshirishga qaytarildi. Barcha tuzilmalar va bank filiallariga mijozlar va hisob kitoblarini qog‘ozda tashkil etish topshirildi.

Bir necha yil o'tgach, 1988-yilda bankning o'sha paytdagi boshqaruv raisi Muhammad Hussayn Kozimiy Namin bank uchun birinchi shaxsiy kompyuterni sotib oldi. Keyin u IT-mutaxassislar guruhini ishga oldi va ma'lumotlarni qayta ishlash bo'limini qayta tashkil etdi. Bir yil o'tgach, u katta sarmoya kiritdi va Buyuk Britaniyadan IBM 4381 Mainframe kompyuterini sotib oldi. O'shandan beri bankning IT bo'limi bir nechta kichik va katta kompyuterlar va dasturiy ta'minot to'plamlarini sotib oldi, ishlab chiqdi va joriy qildi. Biroq, sa'y-harakatlarga qaramay, uning IT infratuzilmasi va tizimlari zamonaviy g'arb va mintaqa banklaridan ancha orqada edi. Malakali IT-resurslarning yetishmasligi, yuqori tezlikda ma'lumotlar uzatish liniyalarining mavjud emasligi, yetarli darajada sarmoyalar, yomon IT rahbariyati va xorijiy sanksiyalar Eron banklarida ma'lumotlarni qayta ishlashning sekin rivojlanishiga sababchi bo'ldi va Refa bank ham bundan mustasno emas.

2007-yilning bahorida Refa bank Tehronda ikkita bankomat va to'rtta ma'lumot kioskasi bo'lgan o'zining birinchi bank xodimisiz filialini ochdi. Ushbu filial Tehronning Katta bozori yaqinidagi Galubandakda joylashgan.

Refa bank Tehron va boshqa shaharlardagi filiallarida 500 dan ortiq bankomatlar o‘rnatdi. Bankomatlar tarmog'i Eronning Shitob tarmog'iga ulangan bo'lib, mijozlarga mamlakatdagi istalgan bankomatdan naqd pul yechib olish imkonini beradi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „General information about the bank“. Bank Refah. 2003-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Iran?s Onerbank registered in Belarus - Economy / News / Belarus News | Belarusian news | Belarus today | news in Belarus | Minsk news | BELTA - Belarus News | Belarusian news | Belarus today | news in Belarus | Minsk news | BELTA“. news.belta.by. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. James Kanter. „E.U. Wrongly Imposed Sanctions on 7 Iranian Companies, Court Rules“. New York Times (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  4. „The General Court annuls the acts of the Council freezing the funds of seven companies and one person in connection with the restrictive measures taken against Iran with the aim of preventing nuclear proliferation“. General Court of the European Union (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  5. „European Union and United Kingdom Sanctions Update: March 2016“. K&L Gates (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 21-may.
  6. „Iran's interest-free banking law“. Central Bank of Iran. 2007-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  7. „Bank Refah's Gold Deposit Account“. Bank Refah. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Mahmoud Ahmadinejad speaks at Bank Refah's ceremony“. Bank Refah. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Bank Refah to Issue International Credit Cards“. Iran Daily, March 8, 2007. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Bank Refah's financial statements as of March 20, 2005“. Bank Refah. 2006-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]