Kredit kartochkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kredit kartochkasi, kredit karta — plastik kartochka koʻrinishidagi shaxsiy (nomi yozilgan) toʻlov hisobkitob hujjati. Bank yoki kredit muassasasi tomonidan beriladi. Beriladigan kredit hajmi Kredit kartochkasi turiga bogʻliq (oddiy, oltin, korporativ Kredit kartochkasilari). Kredit kartochkasida pul egasining identifikatsiya raqami, familiyasi, joriy hisobvaragʻidagi summa koʻrsatiladi. Oʻz egasiga kompyuter qurilmalari bilan taʼminlagan chakana savdo (xizmat koʻrsatish) tarmoqlarida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar harid qilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga koʻra, maxsus kompyuterlashtirilgan hisobkitob tizimi orqali haridor Kredit kartochkasidagi pul summasi uning hisob raqamidan olinib, tovar sotgan (xizmat koʻrsatgan) korxona x.isobiga oʻtkaziladi. Kredit kartochkasi muomaladagi vaqd pul miqdorini keskin kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Birinchi marta 1946 yilda Nyu-York milliy bankida qoʻllanilgan. Turli mamlakatlarda Amerika moliya-kredit guruhlarining (Viza, Master kard, Ameriken ekspress) Kredit kartochkasilari qoʻllaniladi. Yevrokard Kredit kartochkasilari ham bor. Oʻzbekistonda 1996 yildan Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki dastlab "viza kard" Kredit kartochkasi chiqarishni tashqil qildi va Kredit kartochkasilariga xizmat koʻrsata boshladi. 2000-yillar boshida Oʻzbekistonning boshqa banklarida ham jahonning koʻpgiva rivojlangan mamlakatlaridagi banklar bilan Kredit kartochkasi orqali mijozlarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil