Ravshan Xo‘jayev
- Vikipediyada ismi Ravshan va familiyasi Xoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Ravshan Ilxanovich Xoʻjayev | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
1980-yil 16-yanvar Buxoro, Oʻzbekiston SSR |
| Medallar | |
|
| |
Ravshan Ilxanovich Xoʻjayev (1980-yil 16-yanvarda tugʻilgan, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — 2016-yildan 2023-yilgacha boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi. 2023-yil oktyabr oyidan boshlab, u Ozarbayjon boks terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy”[1] faxriy unvoni, “Doʻstlik” ordeni,[2] “Oltin mangus” xalqaro mukofoti laureati[3].
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ravshan Ilxanovich Xoʻjayev 1980-yil 16-yanvarda Buxoro shahrida tugʻilgan, 1994-2005-yillarda boks bilan shugʻullana boshlagan, boks boʻyicha Oʻzbekiston sport ustasi boʻlgan, shundan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikkita oliy ma’lumotga ega. 2011-yilda Buxoro davlat universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. 2017-yilda ikkinchi oliy ta’lim boʻyicha shu universitetning Jismoniy tarbiya va sport fakultetini bitirgan. 2022-yilda fakultetning magistratura bosqichini sport nazariyasi yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2016-yildan boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda, “Uzbek Tigers” yarim professional jamoasida[4] klub yopilgunga qadar faoliyat olib borgan. Olimpiada, jahon va Osiyo chempionatlarida koʻp marotaba murabbiy sifatida ishtirok etgan. U Rio-de-Janeyro Olimpiada kumush medali sovrindori, 2017-yil Germaniya (Gamburg)da jahon chempioni Shahram Gʻiyosov, Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov kabi mashhur sportchilarni tarbiyalagan, jahon chempionlari Shahram Gʻiyosov va professional janglar boʻyicha Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempioni Bahodir Jalolov jahon chempionlarini tayyorlagan.
- Ravshan Xoʻjayev va Hasanboy Doʻsmatov (Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2016)
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://president.uz/ru/lists/view/3861 О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников
- ↑ https://president.uz/ru/lists/view/69 О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с днем учителей и наставников
- ↑ https://www.mongoose.com.ua/premiya-zolotoy-mangust-2016/ (Wayback Machine saytida 2022-02-25 sanasida arxivlangan) VIII Международная премия за заслуги и достижения в спорте «Золотой Мангуст»
- ↑ http://uzbektigers.uz/# (Wayback Machine saytida 22-dekabr 2021-yil sanasida arxivlangan) Боксерский клуб легионеров при Федерации Бокса Узбекистана
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dibella Entertainment kompaniyasi O'zbekistonning eng yaxshi istiqbollari Bahodir Jalolov va Elnur Abduraimovlarni imzoladi
- Fazliddin Meliboev 29-avgust kuni Markus Vashingtonga qarshi o'zining pro-sportdagi debyutini o'tkazadi.
- Boxing Insider Notebook: Conwell, Bare Knuckle Fighting, Usyk, Gassiev, Munguia va boshqalar…
- Melissa St. Vil 29-sentabr kuni Bruklinda DiBella Entertainmentning Brodvey boksida qatnashadi.
- Pro Boxing Tri-shtat hududida katta, faqat Lou DiBelladan so'rang (Wayback Machine saytida 2022-08-13 sanasida arxivlangan)
- Dibella sentabr oyida Bruklinda boks bilan shug'ullanadi. 29 (Wayback Machine saytida 2022-02-05 sanasida arxivlangan)