Raúl Albiol
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Raúl Albiol Tortajada[1] | ||
Tavallud sanasi | 4-sentyabr 1985-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Valensiya, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.90 m (6 ft 3 in)[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Laqabi | El Chori | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994—1996 | Ribarroja | ||
1997—2003 | Valencia | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2004 | Valencia B | 35 | (2) |
2004—2009 | Valencia | 131 | (5) |
2004—2005 | → Getafe | 17 | (1) |
2009—2013 | Real Madrid | 81 | (1) |
2013—2019 | Napoli | 180 | (6) |
2019—2025 | Villarreal | 165 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2004 | Ispaniya U19 | 7 | (0) |
2003—2005 | Ispaniya U20 | 4 | (0) |
2005—2006 | Ispaniya U21 | 7 | (0) |
2007—2021 | Ispaniya | 58 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Raúl Albiol Tortajada (1985-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, markaziy himoyachi lavozimida oʻynaydi.
U oʻz faoliyatining asosiy qismini Valencia, Real Madrid va Villarreal jamoalarida oʻtkazgan. Dastlabki ikki jamoa bilan beshta yirik unvonni qoʻlga kiritdi va uchinchi jamoa safida 2020-21 yilgi UEFA Yevropa ligasini yutgan. La Ligada 16 mavsum davomida jami 394 ta oʻyin oʻtkazib, sakkizta gol urdi, shuningdek, Italiya Serie Ada „Napoli“ safida bir necha yil toʻp surgan.
2007-yildan beri Ispaniya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan Albiol mamlakat sharafini ikkita jahon chempionati va ikkita Yevropa chempionatida himoya qildi hamda uchta turnirda, jumladan 2010-yilgi Jahon chempionatida gʻalabaga erishgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining saʼy-harakatlari evaziga „Bendirom“ jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Valensiya bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida u oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga oʻzining jamoasini taklif etdi.
2005-yilda u „Xetafe“ jamoasida ijara asosida toʻp surdi. „Xetafe“dagi faoliyati davomida Raul oʻzi uchun kerak boʻlgan tajribalarni toʻpladi, yuqori oʻyinlar koʻrsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga oʻtib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.
2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln yevro evaziga Madridning „Real“ superklubiga qoʻshilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri boʻldi[4]. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi boʻldi. Albiol „Qirollik klubi“ uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi. 2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha choʻzildi[5]. 2013-yil 21-iyulda Italiyaning Napoli jamoasiga oʻtdi. Transfer narxi 12 mln. yevroni tashkil etdi. Raul Rafael Benitez murabbiyligi ostidagi jamoa bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.=[6].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 22-dekabr holatiga koʻra [7]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok[lower-alpha 1] | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Valencia B | 2003–04 | Segunda División B | 35 | 2 | — | — | — | 35 | 2 | |||
Valencia | 2003–04 | La Liga | 0 | 0 | — | 2[izoh 1] | 0 | — | 2 | 0 | ||
2005–06 | La Liga | 29 | 1 | 4 | 0 | 3[lower-alpha 2] | 0 | — | 36 | 1 | ||
2006–07 | La Liga | 36 | 1 | 4 | 2 | 12[izoh 2] | 1 | — | 52 | 4 | ||
2007–08 | La Liga | 32 | 1 | 6 | 0 | 7[izoh 2] | 0 | — | 45 | 1 | ||
2008–09 | La Liga | 34 | 2 | 2 | 0 | 6[izoh 1] | 0 | 2[izoh 3] | 0 | 44 | 2 | |
Jami | 131 | 5 | 16 | 2 | 30 | 1 | 2 | 0 | 179 | 8 | ||
Getafe (ijara) | 2004–05 | La Liga | 17 | 1 | 2 | 0 | — | — | 19 | 1 | ||
Real Madrid | 2009–10 | La Liga | 33 | 0 | 2 | 0 | 8[izoh 2] | 1 | — | 43 | 1 | |
2010–11 | La Liga | 20 | 0 | 6 | 0 | 6[izoh 2] | 0 | — | 32 | 0 | ||
2011–12 | La Liga | 10 | 0 | 2 | 0 | 5[izoh 2] | 0 | 0 | 0 | 17 | 0 | |
2012–13 | La Liga | 18 | 1 | 5 | 0 | 3[izoh 2] | 0 | 1[izoh 3] | 0 | 27 | 1 | |
Jami | 81 | 1 | 15 | 0 | 22 | 1 | 1 | 0 | 119 | 2 | ||
Napoli | 2013–14 | Serie A | 32 | 1 | 5 | 0 | 9[lower-alpha 3] | 0 | — | 46 | 1 | |
2014–15 | Serie A | 35 | 0 | 3 | 0 | 12[lower-alpha 4] | 0 | 1[lower-alpha 5] | 0 | 51 | 0 | |
2015–16 | Serie A | 36 | 1 | 0 | 0 | 3[izoh 4] | 0 | — | 39 | 1 | ||
2016–17 | Serie A | 26 | 0 | 3 | 0 | 6[izoh 2] | 0 | — | 35 | 0 | ||
2017–18 | Serie A | 31 | 3 | 0 | 0 | 8[lower-alpha 6] | 0 | — | 39 | 3 | ||
2018–19 | Serie A | 20 | 1 | 0 | 0 | 6[izoh 2] | 0 | — | 26 | 1 | ||
Jami | 180 | 6 | 11 | 0 | 44 | 0 | 1 | 0 | 236 | 6 | ||
Villarreal | 2019–20 | La Liga | 36 | 1 | 2 | 0 | — | — | 38 | 1 | ||
2020–21 | La Liga | 35 | 0 | 1 | 0 | 11[izoh 4] | 2 | — | 47 | 2 | ||
2021–22 | La Liga | 28 | 0 | 2 | 1 | 12[izoh 2] | 0 | 1[lower-alpha 7] | 0 | 43 | 1 | |
2022–23 | La Liga | 25 | 0 | 1 | 0 | 1[lower-alpha 8] | 0 | — | 27 | 0 | ||
2023–24 | La Liga | 26 | 0 | 1 | 0 | 3[izoh 4] | 0 | — | 30 | 0 | ||
2024–25 | La Liga | 15 | 0 | 1 | 0 | — | — | 16 | 0 | |||
Jami | 165 | 1 | 8 | 1 | 27 | 2 | 1 | 0 | 201 | 4 | ||
Umumiy statistika | 609 | 16 | 52 | 3 | 123 | 4 | 5 | 0 | 789 | 23 |
- ↑ Includes Copa del Rey, Coppa Italia
- ↑ UEFA Intertoto kubogi turniridagi ishtiroki
- ↑ Six appearances in UEFA Champions League, three appearances in UEFA Europa League
- ↑ Two appearances in UEFA Champions League, ten appearances in UEFA Europa League
- ↑ Appearance in Supercoppa Italiana
- ↑ Seven appearances in UEFA Champions League, one appearance in UEFA Europa League
- ↑ Appearance in UEFA Super Cup
- ↑ Appearance in UEFA Europa Conference League
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2007 | 2 | 0 |
2008 | 8 | 0 | |
2009 | 11 | 0 | |
2010 | 2 | 0 | |
2011 | 8 | 0 | |
2012 | 7 | 0 | |
2013 | 6 | 0 | |
2014 | 6 | 0 | |
2015 | 1 | 0 | |
2018 | 1 | 0 | |
2019 | 4 | 0 | |
2021 | 2 | 0 | |
Jami | 58 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valensiya
- Qirol kubogi: 2007–08
- UEFA kubogi: 2003–04
Real Madrid
- La Liga: 2011–12
- Qirol kubogi: 2010–11; finalda magʻlub: 2012–13
- Ispaniya Superkubogi: 2012
Napoli
- Italiya kubogi: 2013–14
- Italiya Superkubogi: 2014
Vilyarreal
- UEFA Yevropa ligasi: 2020–21
Ispaniya U19
- UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati: 2004[9]
Ispaniya
- FIFA Jahon chempionati: 2010
- UEFA Yevropa chempionati: 2008, 2012
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi finalchisi: 2013; uchinchi oʻrin: 2009[10]
Shaxsiy yutuqlari
- La Liganing „Kashf etilgan oʻyinchi“si: 2006[11]
- UEFA Yevropa ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2014–15[12], 2020–21[13]
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ishonchli va jismonan baquvvat oʻyinchi boʻlgan Albiol havoda oʻynashda ajoyib mahorat koʻrsatadi. Uning asosiy afzalligi koʻp qirraliligidir, chunki u markaziy himoyachi, oʻng qanot himoyachisi yoki tayanch yarim himoyachisi lavozimlarida oʻynay oladi[14][15].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albiolning laqabi „El Chori“[16]. Uning katta akasi Miguel ham futbolchi boʻlgan. Otasi (uning ismi ham Miguel) Sabadell jamoasi tarkibida Segunda divizionida oʻynagan. Eng kichik ukasi Brian esa Raul hurmat qilgan Daniya milliy terma jamoasida muvaffaqiyatga erishgan Brian Laudrup sharafiga nomlangan[17][18][19][20].
Albiol rafiqasi Alisiya bilan ikki qizning otasi[21][22]. U 2008-yilda Guillermo Franco va Markos Senna bilan birgalikda Ispaniyadagi yosh sportchilar orasida xristian qadriyatlarini targʻib qilishga intiluvchi 140 nafar sportchi va 16 nafar murabbiydan iborat Evangeliko FK tashkilotini tashkil etgan[23].
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Albiolning sevimli oʻyinchisi oʻzining sobiq jamoadoshi Karlos Marchena hisoblanadi. Raul Karlosdan koʻp narsa oʻrganganligini va kelajakda uningdek yorqin faoliyat olib borishini xohlashini taʼkidlagan.
- 2004-yil 2-avgust kuni Valensiya-Madrid trassasining Kuenka shahri yaqin joyida avtohalokatga uchradi. 17 kun reanimatsiya xonasida yotishga majbur boʻldi. Bir necha jarrohlikni boshidan kechirdi. Vrachlar qoratalogʻini olib tashlashga majbur boʻldilar[24].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Spain“. FIFA (2014-yil 14-iyul). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Raúl ALBIOL Tortajada“ (es). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
- ↑ „Raul Albiol“. S.S.C. Napoli. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
- ↑ Madrid sign Raul Albiol and step up Karim Benzema chase[sayt ishlamaydi]; The Daily Telegraph, 25-iyun 2009
- ↑ Official Announcement; realmadrid.com, 6-avgust 2012
- ↑ „Il Napoli ufficializza l'acquisto di Raul Albiol“ (Italian). Napoli's official website (21-iyul 2013-yil). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.
- ↑ Raúl Albiol Soccerway saytida
- ↑ „Raúl Albiol“. EU-Football.info. Qaraldi: 2021-yil 9-sentyabr.
- ↑ „FOTOS CON HISTORIA: 2004, cuando la Sub-19 abrió el camino a la Absoluta“ [HISTORIC PHOTOS: 2004, when the Under-19s paved the way for the A-team] (es). Royal Spanish Football Federation (2014-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
- ↑ „España logra el tercer puesto en la Confederaciones“ (es) (2009-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „Los mejores de la Liga 2005–2006“ (es) (2006-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „Experts' UEFA Europa League squad of the season“. UEFA (2015-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
- ↑ „UEFA Europa League Squad of the Season 2020/21“. UEFA (2021-yil 28-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
- ↑ Ruggiero, Luca „Raul Albiol“ (it). Area Napoli. Qaraldi: 2015-yil 1-may.
- ↑ „A closer look at Spain's Euro 2012 squad“ (2012-yil 6-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-may.
- ↑ Ruiz, Marco. „Nos vemos con fuerza para superar al Barça“ (es) (2010-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 16-may.
- ↑ Montaner, R.. „Vilamarxant se emociona con Albiol“ (es) (2010-yil 13-iyul). Qaraldi: 2016-yil 2-may.
- ↑ „Los hermanos Albiol frente a frente“ (es) (2010-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 2-may.
- ↑ „RealAlbiol: "Mourinho nos ha dado carácter. Día a día demuestra lo gran entrenador que es"“ [RealAlbiol: "Mourinho has built our character. Every day he shows the great manager he is"] (es). Real Madrid CF (2011-yil 17-noyabr). 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-may.
- ↑ Ros, Cayetano. „Albiol: "Ya no habrá capitanes como los de antes"“ (es) (2020-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ Torres, Diego; Tronchoni, Nadia. „Acuerdo entre el Valencia y el Madrid por Albiol“ (es) (2009-yil 25-iyun). Qaraldi: 2009-yil 15-iyul.
- ↑ Calero, Toni. „El 'alma' valenciana de Albiol“ (es) (2010-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 2-may.
- ↑ „Marcos Senna presentó el Evangélico FC, equipo de fútbol inspirado en los valores cristianos“ [Marcos Senna presented Evangélico FC, football team inspired by Christian values] (es). Protestante Digital (2008-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
- ↑ Raul Albiol – vsya nasha jizn igra – Real-Madrid.ru .:. Sayt bolelщikov „Reala“ Madrid .:. Real Madrid .:. Analitika Novosti Stati Statistika
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Raúl Albiol haqida turkum mavjud |
- Raúl Albiol BDFutbol saytida
- CiberChe stats and bio (ispancha)
- Raúl Albiol National-Football-Teams.com saytida
- Raúl Albiol – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Raúl Albiol – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Valencia CF Mestalla futbolchilari
- Valencia C.F. futbolchilari
- Getafe CF futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Villarreal CF futbolchilari
- SSC Napoli futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2009 futbolchilari
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Italiyadagi chet ellik erkak futbolchilar