Rakatboshi koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rakatboshi koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Uzunligi 2 km
Koʻchada joylashgan binolar Oʻzbekiston respublikasi amaliy sanʼati muzeyi
Bolgariya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi
Kipr Respublikasining faxriy bosh vakolatxonasi

Rakatboshi koʻchasi — Yakkasaroy tumanining Yunus Rajabiy va „Tepa“ mahallalari hududida. Yusuf Xos Hojib va Yunus Rajabiy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida. Tarkibida 7 ta tor koʻcha bor. Akademik Vosit Vohidov koʻchasi bilan kesishgan.

1996-yil 5-sentabrdan joyning tarixiy nomi sifatida „Rakatboshi“ nomi bilan yuritiladi[1].

Yoʻnalishida Oʻzbekiston respublikasi amaliy sanʼati muzeyi, Bolgariya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Kipr Respublikasining faxriy bosh vakolatxonasi, maktab, bogʻcha, mahalla guzari, savdo shoxobchalari, shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, „Turkiston“ mehmonxonasi, „Kosmonavtlar“ metro bekati, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Yunus Rajabiy va Abdulla Qahhor uy-muzeylari joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.