Xalqaro madaniyat karvonsaroyi
Xalqaro madaniyat karvonsaroyi — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ilmiymaʼrifiy markazi. 2002-yil oʻzbekyapon hamkorligi rivojida tashkil boʻlgan. Binosi Xirayama Ikuo mablagʻiga qurilgan. Bino 2 kiyem (A va B blok) dan iborat: A blokda kutubxona, konferensiya zali, maʼmuriy xonalar, laboratoriya va boshqa, B blokda "Buyuk ipak yoʻli keramikasi" muzeyi, koʻrgazma zali, arxeologik topilmalarni taʼmirlash lab. joylashgan. Madaniyat karvonsaroyi tarix, madaniyat, arxeologiya, etn. va sanʼat yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi. Markazning asosiy vazifasi — Buyuk ipak yoʻli davlatlari, Gʻarb va Sharq, Oʻzbekiston tarixi, madaniyati, sanʼati va ilmfanini chuqur oʻrganish va targʻib qilish, bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi va chet el hamjamiyatining shu soxalar boʻyicha bilim darajasini kengaytirish. Xirayama Ikuo jahon madaniyati va sanʼati rivojini oʻz ichiga olgan 2 mingta kitobni markaz kutubxonasiga takdim etdi, 2004-yil Yaponiya hukumati koʻrgazma uskunalar majmuasini sovgʻa qildi. Markazda xalkaro anjumanlar, koʻrgazmalar, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish anʼanaga aylandi. Shuningdek, oʻzbekyapon arxeologik ekspeditsiyalar hamkorligining kelajak yoʻllanmalari belgilanmoqda. "Buyuk ipak nuli keramikasi" muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda.
Muzey Oʻzbekiston hamda Xitoy, Eron, Vyetnam kabi xorijiy davlatlarning qad. qulollik maktablariga oid toʻplamlar, arxeologik ekspeditsiyalar davrida topilgan (Toshkent viloyatidagi Qanqa, Surxondaryodagi qad. yodgorliklar) noyob eksponatlarga ega.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |