Abdulla Qahhor uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Qahhor uy-muzeyi
Asos solingan sana 1987
Joylashuvi Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26/1
Abdulla Qahhor uy-muzeyi kutubxonasi va adib ijod xonasi.
Abdulla Qahhor uy-muzeyi sovg'alar zali
Mehmonxona
Abdulla Qahhor uy-muzeyi mehmonxonasi
  • Abdulla Qahhor uy-muzeyi (Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26/1) – adabiy memorial muzey. 1958 – 68-yillarda yozuvchi Abdulla Qahhor yashagan va ishlagan uyda 1987-yil 6-mayda  O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Uy-muzey 4 ta xona va asosiy kirish yo‘lagidan tashkil topgan. Muzey fondida 5035 ta eksponat bor (2022). Ularning ichida kitob, hujjat, magnitofon yozuvlari, qo‘lyozma, fotosuratlar bor. Ekspozitsiya (memorial qismi) 2 xonadan[1] iborat bo‘lib, unda yozuvchining ish kabineti, kutubxonasi va mehmonxonasi aks ettirilgan.
  • Muzeyning Abdulla Qahhor hayoti, ijodi, merosi nomli bo‘limlari mavjud. Uning 1-bo‘limida adib hayotining turli bosqichlari, muhim voqealari haqida hikoya qilinadi. 2-bo‘limda adibning jurnalistik faoliyati va ijodining ilk davrlariga tegishli hikoya, feletonlarning qo‘lyozmalari, ular e’lon qilingan vaqtli matbuot nashrlari qo‘yilgan. 3-bo‘lim ekspozitsiyasidan adibga hurmat va ehtirom namunasi sifatida berilgan tuhfalar, mukofotlar (jumladan “ Buyuk xizmatlari uchun” ordeni), diplom, esdalik buyumlari joy olgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. - s. 784 (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Qahhor uy-muzeyi[sayt ishlamaydi]. Meros.uz

Abdulla Qahhor ijod muzeyi ochildi. el.tfi.uz

  1. Mehmonxona va kutubxona