Vosit Vohidov koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vosit Vohidov koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Uzunligi 2 km
Avvalgi nomlari Karl Libknext koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Vosit Vohidov

Vosit Vohidov koʻchasi — Yakkasaroy tumani hududida. Shota Rustaveli va Rakatboshi koʻchalari oraligʻida. 1925-yil tashkil topgan. Uzunligi 2 km atrofida.

Akademik Vosit Vohidov nomi bilan ataladi. 1995-yil 24-iyulda Karl Libknext koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan[1].

Koʻcha yoʻnalishida, asosan, shaxsiy turar joy binolari mavjud. Koʻcha yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Amaliy sanʼat muzeyi, Ruminiya, Italiya va Bolgariya davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari, „Grand Mir“ (sobiq „Rossiya“) mehmonxonasi, yahudiylar sinagogasi, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.