Quebec (provinsiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KvebekKanadaning sharqiy qismidagi provinsiya. Mayd. 1540,7 ming km2. Aholisi 7,4 mln.kishi (2001), asosan, kanadalik fransuzlar. Maʼmuriy markazi — Kvebek sh., eng katta shahri — Montreal. Kvebekning koʻp qismi Labrador yarim orolda joylashgan, jan.da Appalachi togʻlarining tarmoqlari (bal. 1311 m gacha) joylashgan, San-Lavrentiy daryo vodiysi pasttekislikdan iborat. Kvebekning shim. tundra, oʻrta va jan. kismi oʻrmon. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim. da —24° dan jan.da —10° gacha, iyulniki 11—21°, yillik yogʻin 500–1000 mm.

Kvebek — iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya, elektr stansiyalarning umumiy quvvati jihatdan va alyuminiy i.ch.da mamlakatda yetakchi oʻrinda. Temir, mis, polimetall, oltin, kumush, nikel, asbest konlari bor. Kanadada olinayotgan asbestning aksari qismi Kvebekda qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik, toʻqimachilik, moʻyna, koʻn poyabzal, oziq-ovqat, sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.

Q.x.ning yetakchi tarmogʻi — sut chorvachiligi. Parrandachilik ham rivojlangan. Ichki va tashqi suv havzalarida baliq ovlanadi. Sanoat markazlari va portlari: Montreal va Kvebek. Kvebekning hozirgi hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeys va eskimos (shim. qismida) qabilalari yashagan. Kvebekni dastlab (1608) fransuzlar egallagan. Yetti yillik urush (1756—63) dan soʻng Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1774 yilda Kvebeknomini oldi. 1867 yildan Kanada provinsiyasi. Kvebekning chegarasi 1898 va 1912 yillarda shim.ga tomon ancha kengaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil