Kvebek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KvebekKanadaning janubisharqiy qismidagi shahar. Kvebek provinsiyasining maʼmuriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish yerida. Aholisi 169,6 ming kishi (1996); koʻpchiligi kanadalik fransuzlar. Kvebek muhim temir yoʻl tuguni. Yirik dengiz porti (yillik kj ortib-tushirish 1,5 mln. t). Kvebek orqali chetga yogʻoch-taxta, qogʻoz, gʻalla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yogʻoch tilish, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar koʻp keladi. Laval universiteti, institutlar, Kvebek provinsiyasi muzeyi, universitet muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 17—19asrlarga oid binolar, San-Lavrentiy daryosiga qurilgan koʻprik va boshqa saqlangan. Shaharga 1608 yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil