Qozog‘istondagi avtobus halokati (2018)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2018-yil, yanvar, Qozog‘istonda avtobus yonib ketishi
Qozog‘istondagi avtobus halokati (2018) is located in Kazakhstan
Qozog‘istondagi avtobus halokati (2018)
Asosiy maʼlumotlar
Sana 18-yanvar, 2018-yil
Joylashuv Yirgʻiz tumani, Aqtoʻbe viloyati, Qozogʻiston
Statistika
Yo'lovchilar 57
Vafot etganlar 52
Jarohatlanganlar 5

2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be shahri Yrg‘iz tumanida Samara — Chimkent yo‘lida harakatlanib kelayotgan avtobus yonib ketadi[1]. Yong‘in oqibatida 52 yo‘lovchi halok bo‘ladi, besh kishi, shu jumladan haydovchilar qochib qolishga muvaffaq boʻlishadi[2][3][4].

Voqealar rivoji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yongʻin ertalab soat 10:30 (UTC+5:00) atrofida oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarini Rossiyaning Qozon shahriga olib ketayotgan paytda sodir boʻlgan[5][6][7]. Halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbeklar boʻlishgan. Omon qolganlar baʼzi o‘zbekistonlik yo‘lovchilar va qozog‘istonlik haydovchilar bo‘lishgan[8][5]. Maʼlumotlarga ko‘ra, yon eshik to‘sib qo‘yilgan va bu avtomobildan chiqishga to‘sqinlik qilgan[8].

O‘zbekiston hukumati voqea joyiga Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini jo‘natadi[9]. Marhumlarning jasadlarini[10] shaxsini aniqlash uchun foydalanilgan DNK testi bilan vataniga olib kelishlarini maʼlum qilishadi[11].

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik telegrammasi yoʻllaydi[12]. Shuningdek, Tojikiston[13], Gruziya[14], Ozarbayjon[15], Belarus[16] va Turkmaniston[17] prezidentlari hamda Iordaniya qiroli Abdulla II ham hamdardlik bildirishadi[18].

Tekshiruvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yong‘in sodir bo‘lgan kuni Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi avtobus 29 yoshli Setra S216 HDS bo‘lganini, texnik xavfsizlik sertifikati muddati o‘tgan va yo‘lovchilarni tashish uchun litsenziyasi yo‘qligini maʼlum qiladi, biroq uning sababini izohlashdan bosh tortadi[19]. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi elektr nosozligi dastlabki nazariya sifatida ko‘rib chiqilayotganini taʼkidlab oʻtadi[8].

Qozog‘iston hamda O‘zbekiston hukumatlari voqea yuzasidan tergov boshlashadi. Mirziyoev tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlariga alohida eʼtibor qaratiladigan maxsus komissiya tuziladi[20]. Qozog‘iston hukumati tomonidan maxsus jinoiy tergov ochiladi[8].

Fojia oqibati aks etgan badiiy rasm

19-yanvar kuni tergovchilar omon qolganlarning ko‘rsatmalariga asoslanib bayonot beradilar. Unda aytilishicha, isitish moslamasi sifatida foydalanilgan ochiq olovli pech alanga olinishining ehtimoliy manbasi hisoblangan. Chunki avtobusning o‘zida isitgich mavjud boʻlmagan[21]. Avtobus uzoq va olis yo‘lda yonilg‘i quyish shoxobchalari yo‘qligi sababli benzin konteynerlarini olib ketayotgan bo‘lgan, xabarlarga ko‘ra, ulardan biri ochiq alanga yaqinida qulab tushgan va natijada yong‘in sodir bo‘lgan[21]

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 19-yanvar kuni eʼlon qilgan jabrlanganlarning dastlabki roʻyxatida 29 nafar halok boʻlganlar, shuningdek, tirik qolgan ikki oʻzbekistonliklar, ularning barchasi Namangan viloyatidan boʻlgan erkaklar roʻyxati keltirilgan[22].

25-yanvar kuni haydovchilar Qozog‘iston ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olinishadi[23].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bus inferno in Kazakhstan kills 52“ (en-GB). BBC News (2018). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  2. „Uzbekistan, Kazakhstan Open Investigations Of Bus Inferno That Killed 52“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  3. Gigova, Radina. „52 killed in Kazakhstan bus fire“. CNN. Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  4. Drewett, Zoe. „52 people killed when bus bursts into flames on motorway“. Metro (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  5. 5,0 5,1 „52 Uzbeks killed in Kazakhstan bus inferno“ (en). AFP.com (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  6. Almaty. „Bus fire in Kazakhstan kills 52 people“. the Guardian (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  7. „Bus inferno in Kazakhstan kills 52“ (en-GB). BBC News (2018). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Uzbekistan, Kazakhstan Open Investigations Of Bus Inferno That Killed 52“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "RFERL1" defined multiple times with different content
  9. „Bus fire kills 52 Uzbeks traveling in Kazakhstan: Kazakh government“. Reuters (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  10. „Uzbekistan to render assistance to families of bus fire victims—Ministry of Emergency Situations“. akipress.com (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  11. „DNA test needed to identify several bodies of bus fire victims in Uzbekistan — Consul of Uzbekistan in Almaty“. akipress.com (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  12. „52 Uzbeks killed in Kazakhstan bus inferno“ (en). AFP.com (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  13. „Rahmon expresses condolences to Mirziyoyev over bus fire killing dozens of Uzbeks“. akipress.com (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  14. „Georgia saddened by deadly bus fire in Kazakhstan“. agenda.ge (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  15. „Azerbaijani president offers condolences to Uzbek counterpart“ (en). APA Information Agency, APA (2018-yil 19-yanvar). 2018-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  16. „Lukashenko expresses condolences over bus fire victims in Kazakhstan“ (en-EN) (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  17. Hasanov, Huseyn. „Turkmen head extends condolences to Uzbek president“ (en-EN). Trend.Az (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  18. „King condoles Kazakh president over victims of bus fire“ (en). Petra (2018-yil 18-yanvar). 2018-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-yanvar.
  19. „52 Uzbeks killed in Kazakhstan bus inferno“ (en). AFP.com (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  20. „Uzbekistan, Kazakhstan Open Investigations Of Bus Inferno That Killed 52“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  21. 21,0 21,1 „'Gas Cooker' Blamed For Deadly Bus Fire In Kazakhstan“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  22. „'Gas Cooker' Blamed For Deadly Bus Fire In Kazakhstan“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  23. „Drivers Of Bus In Which 52 Uzbeks Died In Fire Detained“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.