Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻiston Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qozogʻiston Olimpiada oʻyinlarida (qozoqcha: Олимпиада ойындарындағы Қазақстан) – Qozogʻiston mustaqil jamoa sifatida birinchi marta 1994-yilda Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. 1988-yilgacha qozogʻistonlik sportchilar Sovet Ittifoqi jamoasida qatnashgan. Sovet Ittifoqi parchalanib 1992-yilgi Yozgi Olimpiadada Barselonada va Qishki Olimpiadada Al’bervil’da qozogʻistonlik sportchilar Birlashgan jamoa tarkibida Olimpiya bayrogʻi ostida qatnashgan, 1994-yilgi Qishki Olimpiadadan boshlab esa alohida jamoa sifatida oʻz bayrogʻi ostida ishtirok eta boshlagan[1]. Ikki yildan soʻng, qozogʻistonlik sportchilar mustaqil jamoa sifatida birinchi marta 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Atlanta shahrida ishtirok etdilar.

Jami 7 ta Yozgi va 7 ta Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etildi, shu jumladan 72 ta yozgi va 9 ta qishki medal qoʻlga kiritildi.

Qozogʻiston 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini Olmoatida oʻtkazish uchun ariza bergan[2], ammo Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining ovoz berish natijalariga koʻra, ularning oʻtkazilishi joyi Pekin deb tanlandi. Pekin 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazgan shahardir.

Doping mojarosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda qozogʻistonlik olimpiada sportchilari Pekin 2008 va London 2012 Olimpiadalarida qoʻlga kiritgan bir nechta medallardan mahrum boʻldi[3].