Iordaniya Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iordaniya birinchi marta 1980-yilda Olimpia o'yinlarida qatnashgan va o'shandan beri har bir yozgi Olimpia o'yinlarida qatnashish uchun sportchilarni yuborgan. Mamlakat hech qachon Qishki Olimpia o'yinlarida ishtirok etmagan, ammo 1992-yilgi Albertvil Olimpiadasida 43 yoshli Muhammad Hadid Iordaniya uchun chang'i sportining ko'rgazmali turida qatnashgan[1].

Iordaniya, 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida ilk rasmiy medalini qo'lga kiritdi, o'shanda Ahmad Abughaush taekvondo bo'yicha erkaklar o'rtasida 68 kg vazn toifasidagi turnirda oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Iordaniya, Tokio-2020 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida taekvondo boʻyicha navbatdagi muvaffaqiyati bilan ikkinchi rasmiy medallini qoʻlga kiritdi, chunki Saleh Al-Sharabaty 80 kg vazn toifasida kumush medallni qoʻlga kiritdi.

Samer Kamal va Ehson Abu-Shayxa 1988-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiada o'yinlarida taekvondo bo'yicha ikkita bronza medallini qo'lga kiritdilar. Ammo, u faqat ko'rgazmali sport sifatida joriy qilingan va shuning uchun, rasmiy medallar emas.

Iordaniya Milliy Olimpia Qo'mitasi 1957-yilda tashkil etilgan va 1963-yilda Xalqaro Olimpia Qo'mitasi tomonidan tan olingan.

Iordaniya, Olimpia qo'mitasiga endi shahzoda Faysal Bin Al Husayn boshchilik qiladi.

Medall jadvallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi o'yinlar bo'yicha medallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'yinlar Sportchilar Oltin Kumush Bronza Jami Daraja
1980-yil Moskva 4 0 0 0 0 -
1984-yil Los-Anjeles 5 0 0 0 0 -
1988-yil Seul 3 0 0 0 0 -
1992-yil Barselona 5 0 0 0 0 -
1996-yil Atlanta 5 0 0 0 0 -
2000-yil Sidney 6 0 0 0 0 -
2004-yil Afina 5 0 0 0 0 -
2008-yil Pekin 6 0 0 0 0 -
2012-yil London 9 0 0 0 0 -
2016-yil Rio-de-Janeyro 8 1 0 0 1 54
2020-yil Tokio 14 0 1 1 2 74
2024-yil Parij kelajakdagi voqea
2028-yil Los-Anjeles
2032-yil Brisben
Jami 1 1 1 3 105

Medall egalari ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medal Ism O'yinlar Sport Tadbir
Oltin Ahmad Abu Ghaush 2016-yil Rio-de-Janeyro Taekvondo Erkaklar 68 kg
Kumush Solih Al-Sharabati 2020-yil Tokio Taekvondo Erkaklar 80 kg
Bronza Abdulrahmon al-Masatfa 2020-yil Tokio Karate Erkaklar 67 kg
  1. Janofsky, Michael. „Olympics; Construction Was Slow, So...“. The New York Times (20-dekabr 1991-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2016-yil. „While it would have been ideal to ski for the United States, his adoptive country, he knew that making its Olympic team would be virtually impossible. Instead, taking advantage of his dual citizenship, he petitioned the Jordan Olympic Committee, and Jordanian officials approved.“.