Gurxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gurxon (turkcha va moʻgʻulcha "qur — gʻur" — majlis, qabilalar birlashmasi) — ilk oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodagi baʼzi koʻchmanchi xalqlarda teng huquqli qabilalar ittifoqiga rahbarlik qiluvchi xon unvoni. Qoraxitoylar xoni ixtiyoriy ravishda birlashgan 8 qabila uyushmasi rahbari boʻlgani uchun G. unvoniga ega boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil