Kontent qismiga oʻtish

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi
Sanoat Gaz sanoati
Ishga tushgan sanasi 2018-yil 19-aprel
Joylashuvi Qorakoʻl tumani
Buxoro viloyati
Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Oʻzbekneftgaz
LUKOIL

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi (QGQIM, Qandim GQIM, Qandim gazni qayta ishlash kompleksi) – Oʻzbekistonda birinchi marta jalb etilgan investitsiya loyihasi asosida qurilgan yirik korxona[1]. Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish majmualaridan biri[2] va mintaqada gaz sanoatining eng yirik obyektlaridan biridir[3].

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov (1991–2016) tomonidan qabul qilingan 2015–2019-yillarga tegishli dasturi doirasida boshlangan yirik investitsion loyihaga asosan, Oʻzbekistonning „Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi bilan Rossiyaning „LUKOIL“ kompaniyasi hamkorligida hamda Janubiy Koreyaning „Hyudai Engineering“ va Singapurning „Enter Engineering“ kompaniyalari ishtirokidagi qurilishi 2016-yil 19-aprelda boshlangan[4][5][6][7]. Roppa-rosa 2 yildan soʻng, 2018-yilning 19-aprel kuni majmuaning rasmiy tantanali ochilish marosimi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya Federatsiyasi Energetika vaziri Aleksandr Novak va „LUKOIL“ kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov ishtirokida oʻtkazilgan[8][1][9]. Majmuaning umumiy qiymati 3,5 milliard dollarga baholangan[1].