Kontent qismiga oʻtish

QVZ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
QVZ
Asl nomi Quvnoqlar va Zukkolar
Janri Hajviy televizion o‘yin
Ijodiy direktor(lar) Olimjon Xudoynazarov
Efirga uzatilishi
Telekanal Zoʻr TV

QVZ(Quvnoqlar va Zukkolar) -Turli guruhlar (taʼlim muassasalari, universitetlar, korxonalar va boshqalar) jamoalari berilgan savollarga hazil-mutoyiba javoblari, berilgan mavzular boʻyicha improvizatsiyalar, oldindan eʼlon qilingan shartlar asosida tayyorgarlik koʻrish bilan raqobatlashadigan, 1993-yildan beri har yili boʻlib oʻtadigan televizion oʻyin.

2020-yilning 9-mart sanasida „Oʻzbekiston quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi“ nodavlat notijorat tashkiloti muassasa shaklida roʻyxatga olingan[1].

QVZ jamoalari guruhlari har yili Liga chempioni unvoni uchun kurashadigan 2 ta ligalarga boʻlingan. Oliy liga va Premyer liga muntazam ravishda Zoʻr TV telekanalida namoyish etiladi. 2023-yilda 30-mavsumini oʻtkazgan[2].

Hakamlar Oliy liga hakamlari: Bobur Bobomurod, Olimjon Xudoynazarov, Bobur Mirzayev, Mavluda Asqarxoʻjayeva,

Premyer liga hakamlari:Oybek Teshaboyev, Umarbek Rahmonqulov, Indira Miftaxova, Maʼruf Nosirov

QVZ sentyabr oyi oxirida saralash bosqichi orqali boshlanadi. Bu bosqichda 30 ta jamoa QVZ oliy ligasiga 30 ta jamoa premyer ligaga yollanma oladi. Ushbu ligalar Zoʻr TV orqali efirga uzatiladi. Saralashdan oʻtolmagan jamoalar uchun 2023-yildan boshlab vodiy, voha ligalari tashkil qlindi lekin ular efirga uzatilmaydi. 2023-yilga qadar QVZda faqat 1 ta liga oliy liga bor edi. 2023-yilning mart oyidan premyer liga qoshildi. Oliy liga oktyabr oyida chorak final noyabr yarm va dekabrda final. ushbu baxslar Turkiston saroyida boʻlib oʻtadi, faqatgina final baxslari Xalqlar doʻstligi saroyida boʻladi unda respublikamizdan tashqari qoshni davlat vakillari ham qatnashadi. Premyer liga bahslari mart oyida start oladi, yarim finaldan bowlanadi va hammasi zor tv kanali pavilyonida oʻtkaziladi. Vodiy, voha ligalari esa bosqichma bosqich viloyatlarda boʻlib oʻtadi.

Taniqli QVZ oʻyinchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Dizayn" jamoasi aʼzolari:

  • Dilshodbek Musabekov – aktyor[5].
  • Saʼdulla Fathullayev – teleboshlovchi, aktyor, parodist[6].
  • Qobil Karimberdiyev – aktyor, tadbirkor.
  • Elmurod Haqnazarov – aktyor, qiziqchi.
  • Abdurahmon Mavlonov – teleboshlovchi, aktyor[7].
  • Sitora Farmonova – aktrisa.

"Million" jamoasi aʼzolari:

  • Davron Kabulov – teleboshlovchi, produser, rejissor va aktyor
  • Maʼruf Nosirov – aktyor[8][9]
  • Momin Ibrohimov – aktyor
  • Shahlo Alijonova -aktrisa

"Bravo" jamoasi aʼzolari:

  • Otabek Mirzaholov,[10]
  • Ahmad Temirov,
  • Umid Umarov,
  • Shaxlo Zoirova[11]

QVZ chempionlari (1993-2023)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy liga:

  • 1993- Shovvozlar
  • 1994- Shovvozlar
  • 1995-Bojalar
  • 1996-Bojalar
  • 1997-Osmondagi bolalar
  • 1998-Navoi
  • 1999-Dizayn
  • 2000-Shovvozlar
  • 2001-Shovvozlar
  • 2002-Dizayn
  • 2003-Qvz terma jamoasi
  • 2004-Yoshi ulugʻlar
  • 2005-Jayxun
  • 2006-Osmondagi Bolalar
  • 2007-Aʼlo
  • 2008-Dizayn
  • 2009-Dizayn
  • 2010-Osmondagi Bolalar-Shovvozlar
  • 2011-Omadli Jentelmenlar
  • 2012-Dizayn
  • 2013-Shovvozlar
  • 2014-Targʻibot
  • 2015-Turon
  • 2016-Ogʻalar
  • 2017-T. B.T
  • 2018-Moliyachi
  • 2019-Yangi yulduzlar
  • 2020-Turon
  • 2021-Olmos
  • 2022-Bolalar
  • 2023-Adrenalin va Agrolayf (Shu mavsumda 2 ta jamoa chempion boʻlgan)[2]

Premyer liga:

  • 2023-Duv-duv gap