Sitora Farmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sitora Farmonova

Sitora Farmonova „Yotoqxona“ serialini olish paytida
Asl ismi Sitora Farmonova
Tugʻilishi 20-avgust 1984 (1984-08-20) (35 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi va qiziqchi
Yoʻnalish pop
IMDb ID 4285842

Sitora Farmonova — oʻzbek kino aktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchisi. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi. Farmonova yana rejissor Veit Helmerning „Baikonur“ (2011) filmida oʻynagan roli bilan taniqlidir. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U „Bahor-kuz“, qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda tanildi. Qoʻshiqqa muxlislar hamda tanqidchialr yuqori baho berdi.

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.[1]

Hayoti

Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tugʻilgan. 13 yoshligida oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan. Uning ukasi va singlisi bor. Farmonova Sanʼat institutini bitirgan.[2]

Ijodi

Sitora Farmonova oʻzbek, qozoq hamda qirgʻiz rejissorlarning bir qator filmida rol oʻynagan. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi.

Farmonova Veit Helmerning 2011-yil olingan „Baikonur“ filmida oʻynagan roli bilan xalqaro shuhrat qozondi.[3] Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.[4] Filmda Farmonova Nazira rolini oʻynagan. Nazira radio aloqlarni hamva fazogirlikni sevuvchi, oʻzini Gagarin deb atovchi bosh qahramon Iskandarni sevib qoladi.

Farmonova yana 2013-yil Qirgʻizistonda suratga olingan „Общага“ („Yotoqxona“) serialida ham rol oʻynagan.[5] Serial yaxshi kutib olinda va aktrisa Qirgʻizistonda shuhrat qozondi.

Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U Oʻzining oʻzbek qoʻshiqchisi Mirjamol bilan aytgan „Bahor-kuz“ dueti bilan Oʻzbekistonda tanildi. Muxlislar va tanqidchilar qoʻshiqni yuqori baholashdi.[6] Qirgʻiz qoʻshiqchisi Mirbek Atabekov bilan aytgan „Эки журок/Ikki yurak“ ashulasi „Общага“ („Yotoqxona“) seriali soundtrackiga kiritildi.[7]

2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi.[8][9] Jamoa turli mamlakat fuqarolari — tojikistonlik, oʻzbekistonlik, qozogʻistonlik hamda qirgʻizistonlik oʻyinchilardan tashkil topgan.[10]

2016-yilgi mojaro

2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.[11][12]

Diskografiyasi

Kliplari

Yil Qoʻshiq Rejissor
2009 „Bahor-kuz“ (Mirjamol bilan)
2013 „Ayt“
2016 „Chamanda gul“ Izzat Lutfullayev

Filmografiyasi

Film
Yil Film Rol Izoh
2003 Don Juan
2004 Marjona Nargiza
Sarvinoz Nargiza
Xavfli burilish Dilorom
2006 Uchinchi tilak Shahnoz
2008 Kelgindi qaynona Yulduz
2009 Makrli dunyo Dilobar
Qasd
Sunami 2
2010 Dinozavr qoldirgan iz Mohira
Qadrdonlar
Umid Malika
2011 Baikonur Nazira
Mening akam boʻydoq! Raʼno
2012 Endi dadam boʻydoq? Raʼno
2013 Soddagina qiz Muyassar
2014 Baxt ortidan Lola
2017 Orzudagi ayol
Televideniye
Yil Serial nomi Rol Izoh
1998-2003 Ayol zoti
2006 Maftuna Maftuna
2013 Общага Meerim
Kliplar
Yil Qoʻshiq Artist
2004 „Dilorom“ Ravshan Sobirov
2006 „Begʻuborim“ Firdavs N
„Zamonaviy“ Manzura
2009 „Radiostansiya“ 100%

Manbalar

  1. Абдуваитова, Айдана (20 июля 2016 16:13). Участницу "Азия MIX" Ситору Фармонову лишили лицензии на выступление. ЗАО "Издательский дом "Вечерний Бишкек". 2017-03-29.
  2. Ситора Фармонова: Всегда вперёд!
  3. Baikonur. Clevelandfilm. 15 May 2012.
  4. "Uzbek Actress Stars for the First Time in a Movie Produced by a German Filmmaker" (Russian). i-news. 5 September 2011. http://i-news.kz/news/2011/09/05/6012910.html. Qaraldi: 15 May 2012. 
  5. Karimova, Gulchehra (4 March 2013). "Eldiyar Kenensarov Presents the TV Series The Dorm" (Russian). Vecherniy Bishkek. http://www.vb.kg/doc/218687_eldiiar_kenensarov_prezentoval_teleserial_obshaga.html. Qaraldi: 14 April 2016. 
  6. Super Release: Mirjamol and Sitora Farmonova - Bahor-kuz. Shou-biznes (Uzbek). 16 May 2012.
  7. "New Song: Mirbek Atabekov and Sitora Farmonova - Two Hearts" (Russian). Limon. 3 December 2013. http://www.limon.kg/news:61473. Qaraldi: 21 October 2014. 
  8. Sitora, the Beauty of Asia MIX: I was a Bukharan Tomboy. Sputnik (Russian) (29 January 2016). 14 April 2016.
  9. Sitora Farmonova: Always Forward!. KVN (Russian) (25 November 2015). 14 April 2016.
  10. "Actress Sitora Farmonova Takes Part in KVN as a Member of a Bishkek Team" (Uzbek). Daryo. 22 January 2016. http://daryo.uz/2016/01/22/aktrisa-sitora-farmonova-bishkek-jamoasi-tarkibida-kvn-festivalida-qatnashdi/. Qaraldi: 14 April 2016. 
  11. "„KVN“da millatini kulgiga qoldirgan oʻzbek aktrisasi Sitora Farmonova litsenziyasidan mahrum boʻldi". Darakchi. 19.07.2016. http://darakchi.uz/uz/article/11812-kvnda-millatini-kulgiga-koldirgan-uzbek-aktrisasi-sitora-farmonova-licenziyasidan-maxrum-buldi. Qaraldi: 20.07.2016. 
  12. "„Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi 3 nafar xonandaning litsenziyasini tugatdi". Kun. 19.07.2016. http://kun.uz/news/2016/07/19/uzbeknavo-estrada-birlasmasi-3-nafar-honandaning-licenziasini-tugatdi. Qaraldi: 20.07.2016. 

Havolalar