Poyon Ravshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poyon Ravshan
Tavalludi 20-iyul 1941-yil
Vafoti 23-avgust 2020-yil(2020-08-23)
(79 yoshda)
Qarshi
Mukofotlari

Poyon Ravshanovich Ravshanov (1941-yilda Qamashi tumandagi Katta Doʻstberdi qishlogʻida tugʻilgan) — Poyon Ravshan nomi bilan tanilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, Shuhrat medali sohibi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston yangi tarixi, 1(tom), Qashqadaryo tarixi, Temuriylarga oid tarixiy ilmiy risolaralar Amir Temur sulolasi, Temuriylar silsilasi, Avlodnoma, Qatagʻon, Istibdod, Tajovuz, Sulton Mir Xaydar ota Darojati, Poʻlati tarixi, Intiqom 2 tomlik, Vatan Mangu makon, Qashqadaryo tarixiga sayohat, Qashqadaryo tomonlarda, Shahrisabz tarixi, Qarshi tarixi, Yaxshiliknoma, Amir Temur tugʻilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi, Amir Temur vatani, Qashqadaryo istiqlol arafasida 1986-1989, Sadafmulk, Temurnoma, Zavol, Malika kenagas oyim Yoxud Amir Nasrullo oʻlimi qissasi, Tarix badiyati, Umid Ummoni, Qalb mulki, Saylanma 4 jildlik, Tafakkur sehri, Dagar Polvon, Nasaf va kesh manbalari, Oqsaroy tarixi, Ajdodlarimiz qadri, Amir lashkar Alimqul qissasi, Nodir kamandir, Qamoq saltanati, Qoʻlga tushgan qasoskorlar singari asarlar muallifi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poyon Ravshan 1941-yilda Qamashi tumandagi Katta Doʻstberdi qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tugallab, 1958-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 1963-yilda dorilfununni imtiyozli diplom bilan tamomlab, Samarqand viloyati gazetasida adabiy xodim boʻlib ishlaydi 1964-yilda Qarshi Davlat pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasi oʻqituvchiligiga taklif etiladi. Shundan buyon Poyon Ravshanov ushbu oliygohning oʻzbek adabiyoti kafedrasida faoliyat koʻrsatib keldi. Oʻzbek adabiyoti kafedrasi mudiri, fakultet dekani va universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimida ishlab keldi (2006). 2006-yili Qarshi Davlat Universitetida Oliy atestatsiya komissiyasi raisi (B. Ismoilov,) va (Abdulla Oripov, Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Nuritdin Zayniyev boshchiligidagi guruh) Poyon Ravshanovni 170 ga yaqin oʻqituvchi atestatsiyadan oʻtolmaganini sabab qilib savodsiz oʻqituvchilar ishga olgansiz deb Poyon Ravshanovni oʻquv ishlari prorektori lavozimidan ishdan boʻshagan. Poyon Ravshanov ishdan chetlatilgan-yillari yaʼni oʻsha yillar davomida Poyon Ravshanov Qashqadaryo viloyati arxivlarida ishlab Qashqadaryodan, Sobiq Sovet davrida nohaq qamoqqa olingan insonlarning oʻtmishini oʻrganib 3 tomlik „Qatagʻon“ „Istibdod“ „Tajovuz“ „Qamoq Saltanati“ nomli kitoblar nashr qildiradi. U universitetdan 5 yil badargʻa boʻlib, Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2011-yilda Poyon Ravshanov Malaka oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi mudiri lavozimiga qaytariladi. Poyon Ravshanov chorak asrdan ortiq vaqt davomida Nasaf va Kesh (Shahrisabz) uzoq oʻtmishida shakllangan adabiy hayot tarixini tadqiq etgan adabiyotshunos olimdir. Poyon Ravshanov Qashqadaryo tarixiga, madaniyati, ilm-fani va adabiy muhitiga doir bir qator maqolalar, risolalar muallifidir. Uning qalamiga mansub „Adabiy sahifalar“ (1985), „Tarix badiiyati“ (1989), „Adabiyot va taʼlim“ (1991), „Qashqadaryo tarixi (eng qadimgi davrlardan 19-asr 2-yarmiga qadar)“ (1995) kabi kitoblarida Qashqadaryo vohasining tarixi va madaniy hayoti oʻtmishi yoritilgan. Poyon Ravshanov adabiyot ilmida oʻz yoʻliga ega boʻlgan olim. Uning nomini respublika ilmiy jamoatchiligiga dastlab tanishtirgan maqola „Alisher Navoiy shajarasi“ boʻlsa kerak. „Sharq yulduzi“ jurnalida (1983, 2 son) bosilgan ushbu tadqiqot yirik adabiyotshunos olimlar tomonidan juda yaxshi baholangan edi. Muallifni tarixnavis sifatida taqdim etgan „Yoshlik“ jurnalida chop etilgan „Amir Temur muhri“ maqolasi ham oʻquvchilarda katta qiziqish oʻygʻotgan. Amir Temur haqida Ibrohim Moʻminovdan keyin tarix sahnasiga chiqqan Poyon Ravshanov Shundan koʻp oʻtmay, uning Salohiddin Xojaning „Temurnoma“si matnini tayyorlab nashr etishi oʻziga xos voqea boʻlgan edi. Bundan tashqari taniqli olimninig bir nechta tarixga oid kitoblari nashr etilgan. Jumladan, „Turkiy qavmlar tarixi“, „Saidnabi Qorovulbegi“, „Zavol“, „Sohibqiron tugʻilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi“, „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ (ham mualliflikda). U 80 ga yaqin risola, 20 ga yaqin darslik muallifi, 500 tarixiy qissa, 5000 dan ortiq ilmiy — ommabop maqolalarni nashr qildirgan olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (2003) Shuhrat medali sohibi (1996).. Poyon Ravshanov 2020-yil 23-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]