Poni otlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tog' ponisi. Yevropadan kelib chiqqan. Shimoliy hududlarda kenga tarqalgan. Bo'yi 100-110 sm bo'ladi.

Poni (inglizcha: pony, ponaidh "kichik ot") - uy otining pakana turi [1]. Xususiyati - kalta bo'yli (80-140 sm), kuchli bo'yin, qisqa oyoqlar, chidamliligi bilan boshqa otlardan ajralib turadi. Ponilar Yevropa qitasidagi orollarda (Britaniya, Islandiya, Sitsiliya, Korsika, Gotland, Xokkaydo) yetishtiriladigan har-xil zotlardan iborat.

Rossiyada Uels, Shotlandiya, Islandiya, Falabella va Amerikaning miniatyura zotli otlari odatda poni deb ataladi. Rus lug'aviy adabiyotida "poni" tushunchasi balandligi 100-110 sm va undan past bo'lgan otlarni bildirgan, garchi yuqoridagi zotlardan ba'zi otlar ancha baland bo'lsa ham. Dunyoda ponilarning balandligi har-xil: Germaniyada ular 120 sm gacha va undan pastroq, Angliyada - 147,3 sm gacha[2].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi ponilar Yevropaning orollarida, Skandinaviyaning shimolida va "Camargue"(Fransiya janubidagi Rone Deltasidagi orollar) qo'riqxonasining hozirgi hududida paydo bo'lgan deb hisoblablab kelinmoqda. Atlantika okeanining doimiy nam shamollari va toshli orollari hamda o'tlashi uchun qulay bo'lgan o'simliklari mavjud sharoitda kuchli, past bo'yli, oddiy otlarning zoti shakllangan.

Aynan Fransiyaning janubida eng qadimgi - solutre deb nomlanuvchi otlar turi topilgan. Bu juda qadimiy ot zotlarining to'g'ridan-to'g'ri avlodlari bo'lgan zamonaviy ponilar hali ham "ibtidoiy otlar" deb tasniflanadi.

Bugungi kunga qadar 20 ga yaqin chavandoz poni zotlari (Shotlandiya, Uels, Islandiya, Xokkaydo) yetishtiriladi[3].Yevropada, ponilar otning yovvoyi turidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi (lotincha: Equus caballus) [1].

Foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poni bolalar uchun maxsus ot degan fikr bor. Biroq, dastlab ponilar yetishtirilgan va ma'lum kichik hajmli ishlarni bajarish uchun ishlatilgan. Eng mashur poni oti bu - Shotlandiya ponisidir. U o'z nomini Shotlandiyaning shimoli-sharqida joylashgan Shotland orollaridan oladi. Bo'yi 102-107 sm dan oshmaydigan bu qalin va kalta oyoqli otlarni ko'pincha hayvonot bog'lari, bog'lar, ot ijarasi va maktablarda, maxsus tadbirlarda ko'rish mumkin.

Shotland ponisi o'zining baquvvatligi bilan mashhurdir (miniatyura zotiga nisbatan). U o'z og'irligidan yigirma barobar ko'p yuk ko'tara oladi. Ilgari, u yer ostidagi ko'mir va ruda qazib olishda ishlatilgan. Deyarli 16 000 Shotland poniyalari faqat Angliyada ishlagan. Yiliga 3000 soat davomida ponilar og'ir yuklangan vagonchalarni tortib, yiliga 3000 tonnagacha yuk olib, deyarli 5000 km masofaga toshib chiqqan. Ko'plab ponilar yillar davomida yer ostida ishladilar, quyosh nurini ko'rmadilar, yer yuzasiga zo'rg'a ko'tarilardilar, ko'mir changidan nafas oldilar.

Zotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shotland ponisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiyadagi Shotland ponilari

Shotland ponisi - juda o'ynoqi ot, dunyodagi eng kichik zotlardan biri. U Atlantika okeanining Shotland orollarida bir ming yildan ko'proq vaqt oldin shakllangan. Balandligi 65 smdan 110 smgacha, ular qisqa qalin oyoqlari, katta boshi, keng tanasi, qalin sochlari va uzun yashil dumlariga ega. Shotland ponilari dunyo bo'ylab katta shuhrat qozondi. Ponilar otlar kabi ot sportining har xil turlarida - tezkor poygalarda, to'siqlardan yugurishda, sakrashda qatnashadilar. Ikkita poni hattoki Olimpiya o'yinlarida ham qatnashgan: "Littl" laqabli poni 1960-yilda Rimda bo'lib o'tgan Olimpiyada o'yinlarida va Stroller laqabli poni hatto 1968-yilda Mexiko shahrida o'tkazilgan o'yinlarda sakrash musobaqasida kumush medalni qo'lga kiritgan. Bu otlarning balandligi 145 sm dan oshmaydi, ular Connemara poniyalaridan kelib chiqqan[4].

Ponilar turli xil ranglarda bo'ladi, lekin ko'pincha Shotland ponilari asosiy foni qora bo'lsa, ya'ni otning asosiy rangi qora bo'lsa va uning belida oq dog'lar tarqalgan bo'lsa, qora-piebald deb ataladi. Qizil bo'lsa - qizil-piebald deb ataladi. Ko'pincha qora va och kulrang poniyalar mavjud.

Ponilar odatdagi biz bilgan otlarga qaraganda ko'proq yashaydi. Poni uchun maksimal umr ko'rish 45-54 yil[5].

Shotlandiya ponisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shotlandiya ponisi nomi (tog'li poni, garron) - kelib chiqqan joy nomidan olingan. Bu zotning uchta turi ajralib turadi va ko'proq songa ega:

122-132 sm balandlikdagi kichik poniyalar,

miniladigan Shotlandiya ponilari - balandligi 132-140 sm;

va eng katta Mailland poniyalari 142-147 sm balandlikda bo'ladi.

Uels ponisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uels ponisi - Yuliy Sezar davridan beri ma'lum bo'lgan zotdir. Hozirgi vaqtda bu zotlarda uchta tur ajralib turadi:

Uels tog' ponisi - eng kichik otlar, 122 sm dan yuqori bo'lmagan;

o'rta turi 110-136 sm balandlikda,

ot polosini o'ynash uchun "Uels kobi" ponisi, 137 dan 159 sm gacha.

Otlarning oxirgi turi zotli chavandozlar va arab ayg'irlarining qo'shilishi natijasida paydo bo'lgan.

Eksmur ponisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eksmur ponisi

Eksmur ponisi (ba'zan kelt ponilari deb ataladi) 114-125 sm bo'lgan mayda otlarning yarim yovvoyi, qadimiy zotidir. U Eksmur va Devonda yetishtiriladi. Bu zotdagi otlarning dafna va jigarrang ranglarining o'ziga xos xususiyati burun teshigining o'zgachaligi - inglizlar aytganidek, "jo'xori unidagi og'iz" hisoblanadi.

Falabella[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falabella dunyodagi barcha poniyalarning eng kichigi: 50-75 sm. U XX asrning o'rtalarida Argentinada fermer Giulio Sezar Falabella tomonidan yetishtirilgan. Albatta, bunday ponilar minish uchun mos emas, lekin bu zotning bir juft otlari tomonidan tortilgan kichik aravalarda yurish hatto, kattalar uchun ham zavq bag'ishlaydi. Amerika miniatyura zoti bu zotning parametrlariga juda yaqin.

Islandiya ponisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya ponisi - universal zot bo'lib, nasli toza o'stirilgan (Islandiyada otlarni qit'adan orolga olib kirish taqiqlanadi). Maksimal balandlik - 137 sm, minimal - 100 sm va undan past. Asosiy ranglari asosan qora va dafna, kamroq - bukskin (sariq-oltin yoki qumrang), sichqoncha rang (kul rangli).

Klas-poni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klas-ponii - bu miniladigan turdagi otlar guruhining nomi. Klas-poni bo'yi 147 sm gacha. Anglo-irland, amerika, xitoy va boshqa Klas-ponilari mavjud.

Buyuk Britaniya ponilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Britaniyalik otliq ponilar - mayda zotli otliqlar bilan poni ayg'irlari yoki Uels yoki Dartmur toychoqlari va o'rta bo'yli zotdor otliqlarning avlodlari aralashuvi mahsulidir. Ot miniladigan ponilarning bo'yi 145-147 sm gacha bo'lib, ular bolalar ot sportida va shoularda qo'llaniladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Bennett 1998.
  2. "PONY MEASUREMENT 2007 30 January 2007 " Explanation of Article 3103.1, FInternational Federation for Equestrian Sport Web site, Accessed October 7, 2009 (Wayback Machine saytida 26-iyul 2011-yil sanasida arxivlangan)
  3. Owlet, Lorna and Phlip Mathews, Ponies in Australia, Milsons Point: 1979
  4. Sponenberg, D. Phillip „The Proliferation of Horse Breeds“,. Horses Through Time, First, Boulder, CO: Roberts Rinehart Publishers, 1996 — 155, 170–173 bet. ISBN 1-57098-060-8. OCLC 36179575. 
  5. Anthony, David W.. The Horse, the Wheel, and Language: How Bronze-Age Riders from the Eurasian Steppes Shaped the Modern World. Princeton, NJ: Princeton University Press, 2007 — 196–197, 202 bet. ISBN 978-0-691-05887-0. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ливанова Т. К., Ливанова М. А.. Всё о лошади. — М.: АСТ-ПРЕСС СКД, 2002. — 384 с.: ил. — (серия «1000 советов»)
  • Deb Bennett. Conquerors: The Roots of New World Horsemanship. Solvang, CA: Amigo Publications, Inc., 1998. ISBN 9780965853309. (Inglizcha)