Korsika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korsika — Oʻrta dengizning shim. qismidagi orol. Oʻz. 183 km, kengligi 85 km. Maydoni 8,7 ming km². Qirgʻoqlari gʻarbida tik va qoyali, kuchli parchalangan, qoʻltiq koʻp, sharqida tekis, past va kam parchalangan. K., asosan, granit va gilli slanetslardan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 2710 m (MonSento choʻqqisi). Iqlimi oʻrta dengiz iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 12—13°, iyulniki 24—26°, yillik yogʻin tekisliklarda 600 mm dan, togʻlarda 1200 mm gacha. Daryolari qisqa, yozda suvi kamayib, baʼzan qurib qoladi. Makvis va doim yashil butazorlar, dub, qaragʻay, qoraqaragʻay oʻrmonlari, togʻ tepalarida subalp va alp oʻtloqlari bor. Sohil va vodiylarda subtropik dehqonchilik qilinadi. Tokchilik, bogʻdorchilik rivojlangan, togʻ yon bagʻirlarida donli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, yilqi boqiladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Bosh shahri — Ayachcho. Qadimda K.da iberi va liguri qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 3-asrda Rim, milodiy 6—8 a.larda Vizantiya, 9-asrda arablar egallagan. 11-asrda Piza, 1347—1764 yillarda Genuya, 1768 yildan Fransiya tarkibida. K. da Napoleon Bonapart tugʻilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil