Gotland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gotland — Boltiq dengizining oʻrta qismidagi yirik orol. Skandinaviya ya.o.dan 84 km kenglikdagi boʻgʻoz orqali ajralib turadi. Mayd. 2960 km2. Aholisi 58 ming kishi (1993). Maʼmuriy jihatdan Shvesiyaga qarashli. Ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan plato. Karst rivojlangan. Bal. 83 m gacha.

Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yillik yogʻin 500 mm. Orolning qariyb yarmi qaragʻay oʻrmonlari bilan band, torf qatlamlari uchraydi. Ohaktosh olinadi. Q.x.da asosan, bugʻdoy, suli, qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Chorvachilik ham rivojlangan. Bosh shahri va porti — Visbyu. Xall-Xangvar rezervati bor. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil