Rona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rona —Shveysariya va Fransiyadagi daryo. Uzunligi. 812 km, havzasining maydoni 98 ming km². Alp toglaridan boshlanib, Jeneva koʻli, Rona pasttekisligidan oqib oʻtib, Oʻrta dengizning Lion qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoklari: Sona, Izer, Dyurans. Quyilish yeriga yaqin joyda suv sarfi 1780 m³/sek., bahor va yozda toʻlib oqadi. R.ning gidroenergetika, transport va irrigatsiya ahamiyati katta. R. va uning irmoqlarida GES kaskadlari qurilgan. Ena daryosi quyilish joyidan boshlab quyi qismida kema qatnaydi. Sona daryosi va kanallar orqali Reyn, Mozel, Marna, Sena, Luara daryolari bilan tutashgan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. R. boʻyida Jeneva, Lion, Avinon, Arl sh.lari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil