Paragvay (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paragvay — Jan. Amerikadagi dare, Parananing oʻng irmogʻi, Braziliya va Paragvay hududlarida, ayrim qismlari Paragvay, Braziliya va Argentina oʻrtasidagi davlat chegarasidan oqadi. Uz. 2500 km, xavzasiningmayd. 1,2 mln. km². Braziliya yassitogʻligining shim.-gʻar-biy qismidan boshlanib, jan.ga tomon Pantanal botqokliklari, Granchako pasttekisligi boʻylab oqadi. Daryoning kengligi oʻrta oqimida 350–600 m, quyi oqimida 1000–1500 m, chuq. 10– 20 m. Yogʻingarchilik davrida toshadi. Oʻrtacha suv sarfi Asunson shahri yonida 2940 m³/s, quyilish joyida 4000 m³/s P. — Paragvayning asosiy transport yoʻli. Korumba shahrigacha kema qatnaydi, Asunson shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. K. boʻyida Asunson, Konsepson shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil