Oytojixon Shobdonova
Oytojixon Shobdonova | |
---|---|
Tugʻilgandagi ismi | Nikolay Selivestrovich Xlibko |
Tugʻilgan sanasi | 1945-yil 14-iyun |
Tugʻilgan joyi | Toshkent, Rossiya SFSR |
Vafot sanasi | 2022-yil 17-aprel (77 yosh) |
Vafot joyi | Nijniy Novgorod, Rossiya |
Fuqaroligi |
SSSR Qirgʻiziston |
Kasbi | aktrisa, qoʻshiqchi Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri artisti |
Faoliyat yillari | 1962—2022-yillar |
Teatr | Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri |
Mukofotlari |
Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1988) Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy diplomi |
Oytojixon Shobdonova (1945- yil 14-iyun — 2022- yil 17-aprel) — Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri aktrisasi, Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1988), Qirgʻiziston madaniyat va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼat arbobi. Oʻsh shahar Kengashining besh chaqiriq deputati.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oytojixon Shobdonova 1945 -yil 2-martda Oʻsh viloyatining Aravon tumanida tugʻilgan. 17- yoshli yosh, isteʼdodli xonanda S. M. Kirov nomidagi Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatrida aktirsa sifatida qabul qilingan.
Oytoji Shobdonova oʻzining yoqimli ovozi, rollarni aʼlo darajada ijro etishi bilan tomoshabinlar olqishiga va mehriga sazovor boʻldi. 1976-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, drama va kino aktrisasi mutaxassisligini olgan. O. Shobdonova teatrning yetakchi aktrisalaridan biridir. U teatr sahnasida rang-barang rollarni ijro etdi.
U „Ona dalasi“ — Toʻlgʻonay, „Mehrobdan chayon“ — Raʼno, „Sohibjamol“ — Sohibjamol, „Medeya“ — Medeya, „Toxir va Zuhra“ — Zuhra, „Semetey“ — Qanikey, „Semurgʻ“ — Ona, „Sohibqiron“ — Bibixonim, „Qurmanjon datka“ — Qurmonjon datka[1] spektakllarda bosh rollarni ijro etgan. Koʻpchilik sanʼat ixlosmandlari Oytoʻji Shobdonovani xonanda sifatida yuqori baholaydi. U oʻzbek, qirgʻiz, qozoq, tojik, tatar, fors tillarida qoʻshiqlarni aʼlo darajada ijro etadi, oʻzbek televideniyesida qirgʻiz tilida ijro etgan „Toʻmarim“ qoʻshigʻi unga yanada shuhrat keltirdi. 1984-yilda Leningrad shahridagi teatr gastrollarida qatnashgan.
Oʻsh shahar Kengashining besh chaqiriq deputati. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yildagi farmoni bilan u "Mehnat faxriysi" medali, „Dank“ medali bilan taqdirlangan. 1968, 1969, 1971-yillarda Respublika Madaniyat vazirligining diplomlari bilan taqdirlangan. 1974-yilda Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni va 1988-yilda respublika teatr sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi va xizmatlari uchun Qirgʻiziston SSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Teatrdagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Onaning dalasi“ — Tolgʻonay
- „Mehrobdan Chayon“ — Raʼno
- „Sohibjamol“ — Sohibjamol
- „Medeya“ — Medea
- „Tohir va Zuhra“ — Zuhra
- „Semetey“ — Qanikey
- „Semurgʻ“ — Ona
- „Sohibqiron“ — Bibixonim
- „Qurmanjon datka“ — Qurmanjon datka .
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1988)
- "Mehnat faxriysi" medali (1971)
- Dank medali (1999)[2]
- Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy diplomi
- Qirgʻiziston SSR Madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi (1968, 1969, 1971)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Национальная энциклопедия Узбекистана. Ташкент: Государственное научное издательство "Ўзбекистон миллий энциклопедияси", 2000—2006 — 219, буква "Ў"-bet. (Wayback Machine saytida 2018-07-12 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya ot 12 iyulya 2018 na Wayback Machine (uzb.)
- Национальная энциклопедия «Кыргызстан», 5 том. Бишкек: Центр Государственного языка и энциклопедии, 2014 — 763-bet. ISBN 978-9967-14-111-7. (kirg.)
- Кыргызстан: энциклопедия. Фрунзе: Центр Гос. языка и энциклопедии, 2001 — 485, 520-bet.
- "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980. 21 sm, BBK 85.4. (uzb.), (rus.) i (kirg.)
- "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010. (uzb.)
- "Во имя процветания Кыргызстана" Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана. Ош: "Ризван", 2017 — 27—32, 287-309-bet. ISBN 978-9967-18-344-5. UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (uzb.), (rus.) i (kirg.)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri
- Madazimov, Rahmonberdi
- Rahmonov, Oʻrinboy Rahmonberdievich
- Raxmonov, Juraxon Rahmonberdievich
- Sultonov, Baltixoʻja Sultonovich
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Qizil qirolicha“ bizga doʻstlikni vasiyat qildi.
- Biyliktin kozun may basip ketpeshi uchun muxolifat kerek
- Maʼlumot kartasi
- Oʻsh teatri jamoasi — Andijonda
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 4-bet 20.10.1973
- "Oʻzbekiston Soveti" gazetasi 4-bet 3.03.1979
- Munavvar kun Oytozhi Shobdonovadan zhonli izhro bosh
- Oitozhi Shobdonovadan zhonli izhro
- Die sanatga bagishlagan Oytoji Shobdonov