Ot (soʻz turkumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshka turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suh-batdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang , otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning , maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.

Anik, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan O.lar maʼnosiga koʻra, atokli va turdosh O.larga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi O.lar atokli O.lar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinedagi predmetlarning umumiy nomi turdosh O.lardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.

O. turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.

O.ning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, O.larning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. O.ga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. O.ning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) karashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishlokdagi); ye) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). O.ning analitik shakli koʻmakchi yordamida xrsil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. O.ning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. O.ning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, om-bor-ombor gʻalla.

O.larning yasalishi natijasida yasama O.lar paydo boʻladi. Yasama O.lar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxe otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa, qurol otlari (och-qich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin, joy otlari (bodomzor, Oʻzbekis-ton, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yigilish, radiolashtirish, odamgarchilik).

Kompozitsiya usuli bilan O. yasashda qoʻshma O.lar vujudga keladi: bilagu-zuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.

Abbreviatsiya usuli bilan O. yasalganda, qisqartma O.lar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.

O.lar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniklovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izoxlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.

Bozorboy Oʻrinboyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil