Kelishik
Kelishik — ot yoki otlashgan soʻzning boshqa soʻzlar bilan aloqasini koʻrsatuvchi grammatik shakl. U ot shakli ekanligi holda, birikma yoki gap tarkibida uning boshqa soʻzga tobelanishini koʻrsatadi. Bu sintaktik munosabat kelishik shaklining oʻzi b-n, koʻmakchi yoki koʻmakchi vazifasidagi soʻz bilan birga ifoda topishi ham mumkin.
K. miqdori turli tilda har xil. Oʻzbek tilida 6 ta kelishik boʻlib, ular bosh (shaklsiz), qaratqich (shakli ning), tushum (shakli -ni), junalish (shakli ga -ka -qa), oʻrin (shakli -da), chiqish (shakli -dan) kelishiklaridan iborat. Shulardan qaratqich kelishigi ot tomonidan boshqarilib, hokim soʻz egalik qoʻshimchasini olib keladi: kitobning varagʻi. Qolgan tushum, joʻnalish, oʻrin, chiqish kelishikli otlar feʼl yoki sifat tomonidan boshqariladi: kitobni varaqladi, kitobga qaradi, kitobda yozilgan, kitobdan olindi. [1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |