Osmondagi bolalar (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Osmondagi bolalardan yoʻnaltirildi)
Osmondagi bolalar
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Ssenariynavis(lar) Zulfiqor Musoqov
Rollarda Muzaffar Saʼdullayev
Timur Musoqov
Kristina Toirova
Aziz Sultonov
Malika Alimova
Saida Rametova
Kinematografiya Norxoʻja Sodiqov
Aziz Orziqulov
Muharrir(lar) R. Muhammadjonov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi Oʻzbekiston bayrogʻi Toshkent, 2002-yil
Davomiyligi 86 daqiqa.
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Keyingi film Osmondagi bolalar 2

Osmondagi bolalar — Zulfiqor Musoqov ishlagan komediyali drama film. 2002-yilda suratga olingan[1] drama.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film toʻrt doʻstlar hayoti, orzu umidlari va qiyinchiliklari haqida. Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyor har xil boʻlishsa-da, bolalikdan birga oʻsgan doʻstlardir. Baxtiyorning oilada besh kishi, bobosi, otasi, onasi, ukasi, oiladagi eng yaqin insoni bobosi. Xurshid otasi esa — mashhur rejissor va ayni damda ssenariy va gʻoya yoʻqligi sababli film olmay qoʻygan. Kinematograf ishqibozi Hamdam novvoy boʻlib ishlaydi, oilada toʻrt nafar — onasi, singlisi va ichkilikka ruju qoʻygan otasi bilan 2 xonali kvartirada yashaydi. Javohirning otasi esa — tramvay haydovchisi. Kunlarning birida ularning sinfiga yangi bir oʻquvchi qiz qoʻshiladi — Lola, bosh qahramonlarning hammasi uni sevib qoladi.

Doʻstlar birga ulgʻayishadi, birga ilk bora chekishadi, Baxtiyorning otasiga tegishli Mercedes-Benz W140 avtomobilini ham birga buzib, birga tuzatishadi.

Birinchi muhabbatni ham birga boshdan kechirishadi — ularning ishqi sinfga yangi kelgan Lola ismli qizga tushadi. Bu ularning orasiga nifoq soladi; Hamdam va Javohir hatto bir-birlari bilan olishadilar, biroq Lola ota-onasi bilan Londonga joʻnab ketadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]