Oshxona (tosh davri manzilgohi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oshxona — soʻnggi mezolit davri manzilgohi. Sharqiy Pomirdagi Mirkansuv daryosining oʻng irmogʻi havzasida, Uysu muzligi (Tojikiston)dan 12 km uzoqlikda (dengiz sathidan 4100 m balandlikda) joylashgan. Tosh qurol ishlaydigan ustaxona va manzilgoxdan iborat. 1957 yil V. A. Ranov boshchiligidagi Tojikiston FA arxeologik otryadi oʻrgangan.

O.dan mezolitdan ilk neolitga oʻtish davrini kamrab oluvchi 4 ta madaniy qatlam ochilgan. O. materiallari kvars va chaqmoqtosh qurollarga arxaik paleolit usuli bilan ishlov berilganli-gini va mikrolitlgf, nukleuslar paydo boʻlayotganligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil