Kontent qismiga oʻtish

Oqsaroy tarixi (kitob)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oqsaroy tarixi
Muallif(lar) Poyon Ravshan
Muharrir(lar) Gavxar Mirzayeva
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Tarix, Xujjatli adabiyot
Nashr etilgan sanasi 2016-yil
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Sahifalar soni 172
ISBN ISBN 978-9943-27-704-5

Oqsaroy tarixi — taniqli tarixshunos olim Poyon Ravshan qalamiga mansub kitob. 2016-yilda Toshkentning „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Kitob tarixiy, hujjatli adabiyot janrda yozilgan. Kitobning asosiy mazmuni Amir Temur qurdirgan salobatli Oqsaroy tarixi, qurilish jarayoni haqida hikoya qiladi. Muallif Oqsaroyning qurilish jarayonidan to hozirgi kunga qadar boʻlgan tarixini yoritib bergan. Muallif 2011-yilda „Shahrizabz tarixi“ deb nomlangan ikki jildli asar yozadi. Shundan soʻng ushbu kitobni yozish gʻoyasi tugʻiladi. Kitobni yozishda bir qancha boshqa manbalardan foydalanilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Gavxar Mirzayeva — muharrir, Madina Mahmudova — musahhih, Uygʻun Solixov — badiiy muharrir, Dildora Joʻrabekova — komputerda sahifalovchi, Surayyo Axmedova — texnik muharrir. Kitobni bosishga 2016-yil 27-yanvarda ruxsat berilgan. Adadi 32000 nusxa. Litsenziya raqami: AI№252.