Oqbel togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqbel togʻlariFargʻona botigʻining gʻarbiy qismida (Tojikiston hududida) joylashgan. Gʻarbdan shim.-sharqqa 35 km choʻzilgan, eni 800 m gacha. Eng baland joyi 954 m. Shim.sharqiy qismidagi tepaliklar Qiziljar deb ataladi. Togʻlarning yon bagʻri uning gʻarbiy va markaziy qismida Qayroqqum suv ombori qirgʻogʻidan tik koʻtarilgan. Shim. yon bagʻri nishabroq, quruq soylar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan Oqbel braxiantiklinal boʻlib, yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilmoqda. Gil, alevrolit, konglomerat, gips, tuzlar kabi togʻ jinslaridan tuzilgan. Qiziljar deb ataluvchi qismida tuzlarda turli karst relyef shakllari (voronka, quduq, arka, tunnel, gʻor, karr) hrsil boʻlgan. Ayniqsa, karst voronkalari keng tarqalgan. Iklimi keskin kontinental, koʻp yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 100 mm ga yaqin. Boʻz tuproklar tarqalgan, oʻsimlik qopla-mi siyrak, shuvoqefemerlar oʻsadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil