Old osiyo togʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Old osiyo togʻligi - Osiyoning gʻarbiy qismidagi bir guruh togʻliklar. Uzunligi gʻarbdan sharqqa qariyb 4000 km, eni 600–1500 km. Umumiy maydoni 3,5 mln. km². Tarkibida Kichik Osiyo, Armaniston va Eron togʻliklari bor. Balandligi markaziy qismida 1000– 2000 m li yassitogʻliklar va balandligi 2000– 4000 m li chekka togʻliklardan iborat. Iqlimi aksari qismida subtropik, kontinental iklim. Yozi quruq va issiq (faqat Eron togʻligining sharqiy yon bagʻrida musson yomgʻirlari yogʻadi), qishi sovuq, bahori sernam. Oʻsimliklari, asosan, butazorlardan iborag Landshafti koʻp joylarda quruq subtropik, jan.da quruq tropik, togʻlarning sernam yon bagʻirlarida nam subtropik va tropik.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil