Armaniston togʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Armaniston togʻligi — Gʻarbiy Osiyodagi uch togʻlikdan biri, asosan, butun Armaniston hududi va Gruziyaning janubiy qismini, qisman Turkiya va Eronni ishgʻol etgan. Armaniston togʻligi gʻarbda Kichik Osiyo togʻligiga, sharqda Eron togʻligiga qoʻshilib ketadi. Maydoni taxminan 400 ming km². Relyefi uchlamchi va toʻrtlamchi davrlarning lava tuf jinslaridan tuzilgan yassitogʻliklar, vulkan konuslari va tektonik botiqlardan iborat, bu botiqdarni burmali-palaxsali tizmalar ajratib turadi. Koʻpgina tizmalar bir qancha soʻngan vulkanlardan iborat. Eng yirik vulkanlari: Katta Ararat (5165 m), Sebelan (4821 m), Syupxan (4434 m). Xrom, mis, temir, toshkoʻmir, alunit va boshqalar foydali qazilmalari bor. Togʻlikdan Kura, Araks, Furot daryolari boshlanadi. Mineral buloqlar mavjud. Baʼzi bir botiklar koʻllar bilan band (Van, Sevan va hokazo). Eng katta botiqlari: Ararat, Arzirum, Tabriz va boshqalar Iqlimi subtropik, kontinental. Togʻlarda yiliga 300 — 800 mm, botiqlarda 150 — 300 mm yogʻin yogʻadi. Botiqlar quruq dasht va chala choʻllardan iborat, togʻ yon bagʻirlarining pastroq qismlarida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar hamda butazorlar bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]