Olay vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olay vodiysi - Qirgʻizistonning Pomir-Olay togʻlari orasidagi botiq. Gʻarbdan sharqqa (Olay va Orqa Olay tizmalari orasida) 150 km ga yoʻnalgan. Eni 8–25 km. Maydoni 1700 km² ga yaqin. Balandligi gʻarbida 2240 m, sharqida 3536 m (Tomurun dovoni). Olay vodiysi tagi allyuvial va prolyuvial jinslardan tuzilgan, jan.da va qisman oʻrta qismida morenali past-baland qator tepalar mavjud. Togʻ yaylovi, gʻarbida — Qizilsuv daryosi boʻylarida sugʻorib dehqonchilik qilinadigan yerlar bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil