Olakoʻzan
Jump to navigation
Jump to search
Olakoʻzan (Vormela peregusna) — suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon; urugʻning yagona turi. Gavdasining uz. 26—35 sm, dumi 11— 20 sm. Tanasi xipcha va uzun, oyoqlari kalta, dumi baroq. Rangi qora, sargʻish ola, sargʻish yoki kulrang dogʻli. Jan.-Sharqiy Yevropa va Osiyoda, asosan, dasht va choʻllarda tarqalgan. Qora dengiz yaqinidagi choʻllarda, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Oltoy va Tuvada uchraydi. 3—8 ta bola tugʻadi. Koʻrsichqon, sichqon va boshqa mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi tufayli soni keskin kamayib ketgan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |