Koʻrsichqonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻrsichqonlar (Ellobius) - kemiruvchilar turkumiga mansub hayvonlar urugʻi. Tanasi gʻoʻlasimon, oʻz. 13 sm gacha, dumi 0,5—2,2 sm. Yevrosiyoning choʻl va dashtlarida tarqalgan; togʻlarda 4000 m gacha balandlikda uchraydi. Tuzilishi yer ostida yashashga moslashgan. Juni yumshoq va silliq. Boshi katta, quloq suprasi yoʻq, koʻzi juda kichkiva va jun bilan qoplangan. Koʻrak tishlari ogʻzidan chiqib turadi (yer kazishga moslashgan). Panjalari qisqa va baquvvat. Uyasi uzun, murakkab va chukur, asosiy yoʻli 100 m cha, undan har tomonga oʻz. 20—50 m li qoʻshimcha yoʻllar ketadi. Choʻl K.ining yezda faoliyati ancha pasayib, yerni kovlashdan toʻxtaydi. K. oʻsimliklarning yer osti qismi bilan oziqlanadi. Qishga oziq gʻamlaydi. Yiliga ikki marta 3—5 tadan bolalaydi. Bitta uyada 10—15 tasi birga yashaydi. Oʻsimlik ildizini qirqib, qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda oddiy K. (E. talpinus) tarqalgan.[1]

Ellobius talpinus

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil