Ohangaronsement aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„OHANGARONSEMENT“ AKSIYADORLIK JAMIYATI – Oʻzbekistonda sement sanoatining yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. 2006-yildan beri „Yevrosement grup“ xoldingi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi sanoat zonasida joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Ohangaronsement" – qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yirik korxona. U „Oʻzqurilishmateriallari“ aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Turli navli va markali sement (yuqori sifatli portlandsement, shlakportlandsement), shifer, mineral tolalar, akustik plitalar, asbest quvurlar, oʻtga chidamli gʻisht va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona 1957-yil aprel oyidagi hukumat qarori bilan 1958-yildan „Ohangaron sement zavodi“ nomi bilan qurila boshlagan. Yillik quvvati 450 ming tonna boʻlgan 1-texnologik liniya 1961-yil oxirida ishga tushirildi. 1967-yilda 4-texnologik liniya ham ishga tushirildi va korxonaning sement boʻyicha ishlab chiqarish 1750 ming tonna sementga yetkazildi.

1963–1965-yillarda shifer ishlab chiqaradigan 6 ta texnologik liniya ishga tushirildi (yillik quvvati 170 mln. shartli taxta). 1970-yildan kombinat, 1980-yildan „Ohangaronsement“ ishlab chiqarish birlashmasi, 1994-yildan ochiq aksiyadorlik jamiyati deb nomlandi. 2000-yilda 750 ming tonna sement, 630 ming tonna klinker, 36 ming tonna mineral mahsulotlar ishlab chiqarildi. Korxona mahsulotlari xorijga eksport qilinadi[2].

Zamonaviy holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 million 875 ming tonna sement ishlab chiqarildi

„Ohangaronsement“ AJ tarkibiga Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Qurilish materiallari va konstruksiyalari zavodi kiradi. Zavod 2006-yil avgust oyida tashkil etilgan boʻlib, loyiha quvvati qariyb 40 000 m³ temir-beton buyumlarni tashkil etdi. Zavodda keng assortimentda tayyor beton, ohak va temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqariladi.

2017-yilda korxonada yiliga 3,5 ming tonna oʻtga chidamli gʻisht ishlab chiqaruvchi yangi korxona ishga tushirildi[3].

2018-yilda „Ohangaronsement“ uchastkasida quruq usulda yiliga 3 million tonna quvvatga ega yangi sement zavodiga poydevor qoʻyildi[4].

„Ohangaronsement“ respublikadagi yirik sement ishlab chiqaruvchi zavodlardan biridir[5].

Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasining yigirmata yirik soliq toʻlovchilaridan biri hisoblanadi[6].

2020-yilda „AckermannCement“ kompaniyasi „Ohangaronsement“ni sotib oldi va shu tariqa 3-AckermannCement zavodiga aylandi.

Sanksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 12-aprelida Rossiyaning Ukrainaga bosqinida USM xolding va „Ohangaronsement“, Alisher Usmonovga aloqador AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sanksiyalariga uchragan kompaniyalar sifatida AQSh va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan edi[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Евроцемент Украина — ОАО «Ахангаранцемент»“ (deadlink). 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. UzDaily. „«Ахангаранцемент» ввел в эксплуатацию новое производство огнеупорного кирпича“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  4. Sputnik. „Заложен первый камень в основание нового завода на базе "Ахангаранцемента"“ (ru). uz.sputniknews.ru. Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  5. „АО «Ахангаранцемент» - Ассоциация «Узпромстройматериалы»“. uzsm.uz. 2019-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  6. „Бюджет для граждан 2019“ (oʻlik havola — tarix ). Министерство финансов Республики Узбекистан. [sayt ishlamaydi]
  7. „США и Великобритания ввели санкции в отношении ряда российских компаний и должностных лиц, в том числе холдинга USM Алишера Усманова“ (ru). Радио Озодлик. 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.
  8. „США ввели санкции против 120 физлиц и структур в 20 странах в связи с войной РФ против Украины“ (ru). ГОЛОС АМЕРИКИ. 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-aprel.