Ogʻiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ogʻiz, ogʻiz oshi — yangi tuqqan sigirning dastlabki 3 kunlik sutidan tayyorlanadigan taom. Shevalarda dalama, gelagay, palla kabi nomlar bilan ataladi. O. suti qozonda sut kabi sust olovda qaynatiladi. O. suti tarkibida oʻrtacha 25% quruq modda boʻlib, 5,4 % yogʻ, 15% oqsil, 3,3% sut shakari, 1,3% mineral moddalar, 200 ga yaqin toʻyimli va biologik faol moddalar (BFM) yengil hazm boʻladigan holatda uchraydi. Pishirilganda O. sutining oqsili ivib, xuddi tvorogga oʻxshab qola-di, shunda qozonga tuz solib taʼmi rostlanadi. Ayrim joylarda O.ga sedana ham solinadi. Baʼzi joylarda guruch qoʻshib pishiriladi. Mazali, toʻyimli taom O. sovitib isteʼmol qilinadi. Sigir egasi sut moʻl-koʻl boʻlishini niyat qilib, O.ni yaqin qoʻniqoʻshni va qarindosh-urugʻlarga tarqatadi.

Roʻzimat Hamroqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil