Pishirilgan sut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sanoat sharoitida pishirilgan sut

Pishirilgan sut yoki qaynatib pishirilgan sut[1] bir sut mahsuloti boʻlib, qaymogʻi olinmagan sutni avval qaynatib, keyin bir meʼyorda isitish orqali tayyorlanadi. Mahsulot sargʻish rangda boʻladi. Xom sutdan farq qilib uzoqroq saqlanadi va achimaydi. Pishirilgan sutdan qizarib ivigan qatiq tayyorlash, uni qandolatchilikda ishlatish mumkin.

Pishirilgan sut yogʻliligi 6% yogʻi olinmagan sutdan tayyorlanadi. U 80—85°C haroratda 4 soat yoki 90—95°C haroratda 2-3 soat mobaynida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]