Kontent qismiga oʻtish

Oqsilli ozuqalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqsilli ozuqalar - oʻsimliklar va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan, tarkibida protein koʻp boʻlgan yem-xashak. Koʻpchilik mollar uchun yem-xashak ozuqalar — koʻkoʻt, pichan, don va don chiqitlari, kunjara va boshqa proteinning asosiy manbai hisoblanadi. Koʻk ozuqalar orasida yosh dukkakli oʻsimliklar oʻtida xom protein, ayniqsa, koʻp. Mas, bedaning 1 ozuqa birli-gida 200 g, xashaki dukkakli usimliklarning 1 ozuqa birligida 320 g gacha xom protein bor. Shuningdek, ularning sifati qam gʻoyat yuqori boʻlib, tez hazm boʻlishiga yordam beradigan suvda eruvchi va tuzda eruvchi oqsillar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar koʻp. Shuningdek, dukkakli ekinlar doni ham proteinga boy: noʻxat va vika 1 ozuqa birligi donida 200 g gacha, soyada 256 g gacha protein bor. Aminokislotalar tarkibi boʻyicha kunjara (1 ozuka birligida 270—340) va shrotlar (300— 370 g) proteinlari ham toʻla qimmatli yemish hisoblanadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yemlarda protein miqdori koʻp va yuqori biologik qimmatga ega. Goʻsht unining 1 ozuqa birligida 570 g, baliq unining eng yaxshi navlarida 600 g dan ortiq, quruq qon kukuni 1 ozuqa birligida 550 g protein bor. Pivo, non va ozuqa achitqilari ham tarkibida oqsilning koʻpligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, achitqi hamirturush V guruhidagi vitaminlar va mikroelementlar manbaidir.

Roʻzimat Hamroqulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil