Kontent qismiga oʻtish

Odette Giuffrida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Odette Giuffrida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Italiya bayrogʻi Italiya
Tavallud sanasi 1994-yil 12-oktyabr (1994-10-12) (31 yosh)
Rome, Italiya
Vazni 52 kg gacha
Sport
Qaysi sport dzudo
Klubi Centro Sportivo Esercito
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
KumushRio-de-Janeyro 201652 kg
BronzaTokio 202052 kg
Yevropa oʻyinlari
BronzaBoku 201552 kg
Dzudo boʻyicha Yevropa chempionati
OltinPraga 202052 kg
KumushLissabon 202152 kg

Odette Giuffrida (tugʻ. 1994-yil 12-oktyabr, Rome, Italiya) — italiyalik dzudochi, 52 kg gacha vazn toifasida, Italiya terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori. Dzudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining toʻrt karra bronza medali sovrindori (2011, 2012, 2013, 2014). 2020-yilda Yevropa chempioni. 2016-yil fevral oyida u ayollar dzudo boʻyicha Jahon reytingida Top-10 taligiga kirdi[1].

Odette Giuffrida bolaligini Rim chekkasidagi Monte-Sakroda oʻtkazdi[2]. U akasi Salvatore tufayli 6 yoshida dzudo bilan shugʻullana boshlagan.

2009-yilda u xalqaro maydonda debyut qilgan. 2013 va 2014-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2011—2014-yillarda u yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2015-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan birinchi Yevropa oʻyinlarida u umumjamoa hisobida bronza medali sohibiga aylandi[3].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Odette 52 kg gacha vazn toifasida finalga chiqdi va kosovolik dzudochi Majlinda Kelmendiga yutqazdi, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2020-yilda noyabr oyida Pragada (Chexiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Giuffrida 52 kg gacha vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Finalda u ruminiyalik sportchi Andreea Chițudan ustun keldi. 2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida italiyalik sportchi finalda fransiyalik Amandine Buchardga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi kunida 52 kg gacha vazn toifasida italiyalik uchinchi oʻrin uchun kurashda vengriyalik Réka Puppni magʻlub etib, Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi[4][5][6][7].

  1. Odette Giuffrida reaches top 10 World Ranking
  2. „arxiv nusxasi“. 12-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  3. Baku 2015. Bronzo a squadre con il Judo femminile
  4. Odette Giuffrida, 6-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. Majlinda Kelmendi wins Kosovoʻs 1st Olympic medal
  6. „arxiv nusxasi“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  7. Odette GIUFFRIDA