Oʻzbekistondagi arablar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ArablarOʻzbekistondagi milliy ozchilikni tashkil etuvchi millatlardan biri.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 12880 arab roʻyxatga olingan[1].

Arab guruhlari Oʻrta Osiyoga VII asrdan XVII asrgacha bir necha toʻlqinlarda kirib kelgan. Oʻrta Osiyo arablari 2 guruhga boʻlinadi: shayboniy va sanoniy. VII-VIII asrlarda arab qoʻshinlari Oʻrta Osiyoga bostirib kirgandan soʻng viloyatning asosiy shaharlari Buxoro va Samarqandda yirik garnizonlarni joylashtirdilar. Solnomalarda koʻrsatilishicha, Buxoroda arab askarlari bosib olingan aholining uy-joylari va yerlarining yarmini olganlar. Ammo X asrga kelib, bu guruh umuman mahalliy aholi bilan deyarli butunlar assimilyatsiyaga uchrab singib ketdi.

Arablar migratsiyasining xronologik jihatdan bir-biridan farq qiladigan ikki toʻlqinini taxmin qilish mumkin: Qashqadaryo arablarining bevosita ajdodlarining bu hududga joylashishi VII-X asrlarda sodir boʻlganligi taxmin qilinadi. Qashqadaryo arab shevasini Buxoro arab shevasi bilan tilshunoslik maʼlumotlari darajasida qiyoslash Qashqadaryo arab shevasining koʻproq arxaik va klassik arab tiliga oʻxshashligini isbotlaydi. Buxoro arablarining bevosita ajdodlari XIV asrda Gʻijduvonga oʻrnashib qolganlar[2].

Samarqand viloyatida oʻrta asrlarda matolari bilan mashhur boʻlgan Vedar[3] qishlogʻi boʻlgan. Vedar Samarqandning shimoli-gʻarbida joylashgan boʻlib, unda asosan arablar istiqomat qilgan. Vedar shahri mintaqa arab aholisining markazi edi; bu yerda arablarning Bakr ibn Vayl qabilasi yashagan, lekin oʻzlarini subaylar deb atashgan. Aftidan bu nomni 882-yilda vafot etgan mahalliy masjid bunyodkori Abu Muzohima Suba ibn an-Nadra al-Sukkari ismidan olishgan boʻlishi mumkin[4].

Oʻrta Osiyo arablarini oʻrganishga 1930-yillarda akademik G. Sereteli (“Oʻrta Osiyodagi arab dialektlari”) va professor I. Vinnikov (“Buxor arablarining tili va folklori”) asos solishgan. XX asrdagi tadqiqotlar gruzin olimi Guram Chikovani tomonidan davom ettirildi.

Oʻzbekiston mustaqillik yillarida Oʻzbekiston rahbariyatining bagʻrikeng siyosati tufayli asli arab R. Rajabov arablar tarixi boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bordi[5] hamda Oʻzbekiston arablari etnografiyasi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[6]. Asli kelib chiqishi arab boʻlgan Jeynov qishlogʻidan[7] boʻlgan Murodilla Saidov “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni va “Oltin yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

Arablar antropologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

R. Rajabovning fikricha, arablar oʻzlarining asl antropologik xususiyatlarini nisbatan yaxshiroq saqlab qolgan. Odatda arablar oʻzbeklarga qaraganda biroz qoramtirdir. Samarqand viloyati arablari mutlaq qoramtir boʻlib, ammo biroz jingalak soch va soqollar ajralib turadi. Bu, ayniqsa, keksa yoshli arablarda yaqqol namoyon boʻladi. Ularning soqollari qadimgi yahudiylarning yuz sochlarini eslatadi.

Arab tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab tilining Oʻrta Osiyo shevalari arab tilining yoʻqolib ketish arafasida turgan shevalaridan boʻlib, Oʻzbekiston arablari orasida keng tarqalgan. Bu lahjalar Buxoro, Qashqadaryo mintaqalarida yashagan Oʻrta Osiyo arablarining koʻplab oʻtroq va koʻchmanchi jamoalari tomonidan istifoda etilgan.

Buxor shevasida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Jargariy, Chagdaryo, Shohonbek qishloqlari hamda Vobkend tumanidagi Arabxona qishlogʻi aholisi; Qashqadaryo arab lahjasida Qamashi qishloqlaridan biri boʻlmish Jeynovda hamda Qarshining shimoli-gʻarbidagi Beshkent shahrida soʻzlashiladi. Oʻrta Osiyo arab lahjalari (Buxoro va Qashqadaryo arab shevalari) arab shevalarining sharqiy guruhiga mansubdir.

Buxoro va Qashqadaryo arab shevalari boshqa arab shevalaridan lisoniy jihatdan farq qiladi. Bu ikki sheva oʻrtasida ham farq bor, shuning uchun ham ba’zan Buxoro va Qashqadaryo arablari bir-birini tushunmay, bir-birlari bilan oʻzbek tilida gaplashishni afzal koʻradilar. Ikki dialekt oʻrtasidagi til farqini turli davrlarda arab dunyosining turli qismlaridan kelgan turli migratsiya toʻlqinlari bilan izohlash mumkin.

Oʻzbekistondagi arablarning deyarli barchasi oʻzbek yoki tojik tillarida gaplashadi. Oʻrta Osiyo arab lahjalari arab tilining alohida tipologik kichik guruhiga boʻlingan. XX asrda ular faqat bir necha aholi punktlarida saqlanib qolgan: Gʻijduvon viloyatining Jugari va Chaxdor qishloqlarida, Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi Arabxona va Qashqadaryo viloyatining Jeynov qishloqlari shular jumlasidandir[8].

Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qamashi qishlogʻida arablar tojiklar va kosib loʻlilar bilan birga yashaydilar[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2 Рустам аъзамович история и этнография арабов Узбекистана (середина XIX – начало XXI в.), 2021-01-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-11-01
  2. На каком языке говорят арабы Центральной Азии? (фотографии) — Central Asia Analytical Network
  3. Tarixda yoʻq boʻlgan shahar boʻlib, hozirgi Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida joylashgan.
  4. Бартольд 1963.
  5. Ражабов Р. Узбекистон араблари // Moziydan Sado. — Тошкент, 2004
  6. Ражабов. Р. Ўзбекистондаги араблар тарихи ва этнографияси. Т.: Шарқ. 2012
  7. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan.
  8. Восточные арабские диалекты на сайте Игоря Гаршина
  9. „Сергей Габбасов. Этнограф, цыгановед“. 2012-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Бартольд В. В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия // Сочинения : в IX т. / Петрушевский И. П. — М. : Издательство восточной литературы, 1963. — Т. I. — 760 p.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]