Oʻzbekiston kommunistik partiyasi (1994)
Oʻzbekiston kommunistik partiyasi (Ўзбекистон коммунистик партияси) — 1994-yilda asos solingan, Oʻzbekistonga aloqador kommunistik partiyadir.
Hozirgacha hech qayerda rasman roʻyxatdan oʻtmagan[1]. Partiya oʻzini sobiq Oʻzbekiston SSR kommunistik partiyasining (OʻzSSR KP KPSSga kirar edi) haqiqiy davomchisi deb hisoblaydi, holbuki, 1991-yilning 1-noyabrida sobiq OʻzSSR kommunistik partiyasi Oʻzbekiston xalq-demokratik partiyasiga aylantirilgan edi. Partiya asoslanganidan soʻng, partiya faollari shu zahoti uni Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtkazish uchun hukumat organlariga murojaat qilishadi, biroq partiya talabi qondirilmaydi va u roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Prezident Islom Karimov diktaturasi boshlanishi bilan, partiya faktik oʻlaroq noqonuniy deb qarala boshlanadi va partiya rahbarlari, faollari va aʼzolariga qarshi hukumat va huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan bosimlar, siquvlar va quvgʻinlar boshlanadi. Buning ortidan ularning aksari mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻladi va asosan oʻshanda ancha ozod va demokratik boʻlgan Boris Yeltsin Rossiyasidan panoh topishadi va oʻsha yerdan partiyani idora qilishni boshlashadi. Partiyaning asoschisi va shundan beri rahbari (birinchi kotibi) — oʻzbek kommunisti Qahramon Saydullayevich Mahmudov[2][3][4][5][6][7].
Ushbu partiya Oʻzbekistonning sotsializm va kommunizmga qaytishini, mamlakatni mustaqil „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi“ga aylantirish, davlatda yakkapartiyaviylik, rejali iqtisodiyot, ateistik mafkura va jamiyatning sotsialistik modelga asoslangan va marksizm-leninizm asoslari hukm suradigan oʻlkaga aylantirish tarafdori hisoblanadi. Bundan tashqari, oʻzbek tili yozuvini kirill alifbosiga qaytarish, respublikaning eski bayrogʻi, gerbi va madhiyasini qaytarish tarafdori[8][9][10].
Hozirgi vaqtda patiyaning faktik qarorgohi Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan. Aynan Moskvada partiyaning deyarli barcha faollari yashab kelishadi. Oʻzbekiston kommunistik partiyasi „Kommunistik partiyalar ittifoqi — Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi“ (rus. «Союза коммунистических партий — Коммунистической партии Советского Союза») alyansining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. Ushbu alyansga sobiq SSSR hududidagi koʻpgina kommunistik partiyalar aʼzo. OʻzKP ushbu alyansga 1994-yilning 12-dekabrida, Moskvadagi plenumda qabul qilingan. Partiyaning uch nafar vakili alyansning Kengashiga, bir nafari nazorat-tekshiruv komissiyasi aʼzo hisoblanadi. Oʻzbekiston kommunistik partiyasi postsovet hududidagi koʻpgina kommunistik va sotsialistik partiyalar bilan yaxshi aloqalar oʻrnatgan. 2000-yilda partiya delegatlari alyans delegatari qatori Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda boʻlib oʻtgan „Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari qurultoyi“da qatnashgan. 2014-yilning dekabrida OʻzKP birinchi kotibi Qahramon Mahmudov rasman ukrainalik kommunistlarga va shaxsan Ukraina kommunistik partiyasi rahbari Petro Simonenkoga qoʻllov bilan chiqqan edi[11][12][13][14][15][16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Левое движение на постсоветском пространстве: ошибки и перспективы“ (ru). EADaily. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
- ↑ „Коммунистические партии в Центральной Азии. Вчера, сегодня, а завтра?“. theopenasia.net. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „В Узбекистане создают новую политическую партию“. fergananews.com. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Камолиддин Раббимов. Политические партии Узбекистана: между правительством и обществом“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „ПОЛИТИЧЕСКИЕ ПАРТИИ УЗБЕКИСТАНА: ШЕСТЬ ЗАРЕГИСТРИРОВАННЫХ И ОДНА "СКРЫТАЯ"“. liveinternet.ru. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „С.В.Кожемякин Коммунистическое движение в Средней Азии и Казахстане (с 1991 г. по наши дни)“. politpros.com. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Новости СКП-КПСС. Поздравляем с Днем рождения Первого секретаря Компартии Узбекистана Махмудова Кахрамона Сайдуллаевича“. skpkpss.ru. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Д. Левый. Смутное время в Узбекистане“. left.ru. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.