Shoʻroi Ulamo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shoʻroi Ulamo ("Ulamolar kengashi") — Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 yil iyunda "Shoʻroi islomiya"dan ajralib chiqqan. Jamiyatning Toshkent, Qoʻqon, Samarqand shaharlaridagi shoʻbasi faol ish olib bordi. Jamiyat dasturi va nizomiga koʻra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qatiy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga daʻvat etilgan. "Shoʻroi Ulamo" "al-Izoh" (1917 yil iyun - 1918 yil may), "al-Isloh" (1917-18) jurnallarini nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yoritib borildi. "Shoʻroi Ulamo" tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyi oʻtkazildi (1917 yil, sentyabr). Unda ulamochilar va Shoʻroi islomchilar oʻzaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzdilar. "Shoʻroi Ulamo" jamiyati sof musulmon muxtoriyati gʻoyalarini ilgari surdi, shoʻrolar rejimiga qarshi faol kurashdi. Bolsheviklar 1918 yilning boshlarida jamiyat faoliyatini taqiqladi.

Jamiyat dasturi va nizomiga koʻra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qatʼiy rioya qilish, milliydiniy qadriyatlarni yuksaltirishga daʼvat etilgan va madrasalarni iqtisodiy qoʻllabquvvatlash aytilgan. Biroq dasturda maishiy turmush va ayollar masalasida konservativ qarashlar ustunlik qilgan. Jamiyatning Toshkent, Qoʻqon, Samarqand shahrilaridagi shoʻʼbasi faol ish olib borgan. Toshkent shoʻʼbasiga Sherali Lapin rahbarlik qilgan. Jamiyatning eng yirik Qoʻqon shoʻʼbasiga esa Mulla Muhiddinxon Mulla Ulugʻxon Toʻrayev rais boʻlgan. "SH.u." "alIzoh" (muharrir Abdumalik Hoji Abdunabiyev; 1917 yil iyun — 1918 yil may), "alIsloh" (muharrir Abdurahmon Sayyoh; 1917—18) jur.larini nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar yoritib borildi. "SH.u." tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyi oʻtkazildi (1917 yil sentyabr). Unda ulamochilar va shoʻroi islomchilar oʻzaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" siyosiy partiyasini tuzdilar. Jadidlar va ulamolar oʻrtasidagi ziddiyat va gʻoyaviy kurash kuchaygan. Ulamochilarning orasida ham hokimiyat masalasida turli qarashlar mavjud boʻlgan. Toshkentlik ulamochilardan farqli ravishda Qoʻqondagi "SH.u." aʼzolari bolsheviklarga qarshi chiqqan va Turkiston muxtoriyati hukumatini qoʻllabquvvatlagan. 1918 yil mart oyida Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻida "SH.u." va "Shoʻroi islomiya" faollarining tashabbusi bilan Fargʻona vodiysidagi qoʻrboshilarning ilk qurultoyi oʻtkazilib, Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatttg maqsad va vazifalari belgilab olingan. Sovet davrida ulamochilar va shoʻroi islomchilar faoliyati soxtalashtirilib, ular "xalq dushmani" va "millatchi" sifatida koʻrsatilgan.[1]

Adabiyot[tahrir]

  • Mustafo Choʻqay oʻgʻli, Istiqlol jallodlari (1917 yil xotiralari), T., 1992; Turkestan v nachale 20veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Aʼzamxoʻjayev S., Turkiston muxtoriyati, T., 2000; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002; Mingnorov A., Turkistonda 1917—1918 yillardagi milliysiyosiy tashkilotlar, T., 2002.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil