Oʻzbekiston ekologik harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston ekologik partiyasi bilan adashtirib yuborilmasin.
O‘zbekiston ekologik harakati — Oʻzbekistondagi siyosiy harakatlardan biri[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston ekologik harakati 2008 yil 2 avgustda tashkil topgan. 2008 yil 20 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Ekoharakat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik o‘rniga ega. Ekoharakatning Respublika konferensiyasi, Markaziy Kengash, uning Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi uning rahbar organlari hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston ekologik harakatining hududiy bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda.

Maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekoharakat — jamiyatning barcha kuchlari, O‘zbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof muhitda yashash huquqiga ega bo‘lishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan say’-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. „Sog‘lom muhit — inson salomatligi“ Ekoharakatning bosh shioridir.

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston ekologik harakatining dasturiy vazifalari:

  1. Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog‘lomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish;
  2. Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlar va davlat miqyosidagi boshqa qarorlar ijrosini taʼminlash hamda bu sohadagi qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlarni yuritish;
  3. Atrof tabiiy muhit muhofazasi va shu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etishda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatchilik va boshqa tuzilmalar mas’uliyatini oshirish;
  4. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik taʼlim va tarbiya tizimini rivojlantirish;
  5. Atrof-muhit muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  6. Atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishiga erishish;
  7. Atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Ekoharakat „Jamiyat“ ijtimoiy-siyosiy va „Ekohayot“ ijtimoiy-iqtisodiy gazetalariga hammuassis hisoblanadi. „Buloqcha“ („Rodnichok“) bolalar ekologik jurnali o‘zbek va rus tillarida chop etilmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]