Chevrolet Orlando
| Chevrolet Orlando | |
|---|---|
|
Chevrolet Orlando | |
| Asosiy maʼlumotlar | |
| Ishlab chiqaruvchi | Chevrolet |
| Model yili | 2010 |
| Avvalgi modeli | Chevrolet Rezzo , Chevrolet HHR (Kanada) |
| Tasnifi | |
| Sinfi | Kompaktven |
| Komponovkasi |
Andoza:PP - kompanovka |
| Platformasi | GM Delta II |
| Kuch moslamalari | |
| Dvigateli |
1796 sm³ l4 (141 o.k.) benzin 1998 sm³ l4 (163 o.k.) dizel |
| Oʻlchamlari | |
| Gʻildirak bazasi | 2760 mm |
| Uzunligi | 4652 mm |
| Kengligi | 1836 mm |
| Balandligi | 1633 mm |
| Vazni | 1528 kg |
| Bak hajmi | 64 l |
| Eksteryer | |
| Kuzov turi | hetchbek |
| Oʻrindiqlar soni | 7 ta |
| Eshiklar soni | 5 ta |
| Boshqa maʼlumotlar | |
| Aloqador avtomobillar |
Suzuki Ertiga, Kia Carens, Ford C-Max, Volkswagen Touran Chevrolet Cruze Buick Verano Opel Meriva Opel Zafira Opel Ampera Chevrolet Volt Opel Astra J Cadillac ELR |
Chevrolet Orlando (koreyscha: 쉐보레 올란도) — General Motors kompaniyasi tomonidan Chevrolet markasi ostida, Chevrolet Cruze platformasida ishlab chiqariluvchi besh eshikli yetti oʻrindiqli oilaviy kompaktven[1]. Ilk bor 2008-yilning noyabr oyida Parij avtosalonida kontsept-kar koʻrinishida namoyish etildi. 2010-yilda seriyali ishlab chiqarila boshladi. Rossiyada esa Shushari (Sankt-Peterburg) posyolkasidagi avtozavodda ishlab chiqariladi.
Interyrer
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avtomobilning ichi oila uchun moʻljallangan boʻlib, barcha pozitsiyalarda uch qator oʻrindiqdan iborat. Uchinchi qator oʻrindiqlari joylashgan qismi salon balandligi boʻyicha shu klassdagi oʻzining raqobatchilarini nisbatan ustunlikka ega.[1]. Yukxona hajmi 958 litr (5 ta joy) yoki 1594 litr (2 ta joy) gacha oʻzgarishi mumkin[2].
Modifikatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobil uzatish qutisiga va salonni qoʻshimcha jihozlanishiga koʻra bir necha pozitsiyalari taqdim etilgan. 2013-yilgacha pozitsiyalar jadvali quyidagicha edi: Base, LS, LS+, LT. Barcha pozitsiyalariga 1,8 litr hajmli benzin dvigatellari oʻrnatilgan. 5 pogʻonali mexanik yoki 6 pogʻonali avtomatik uzatish qutisi bilan taʼminlangan. Har bir pozitsiya oʻzining boshqaruv tizimi, qulayligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. 2013-yildan boshlab model qatori LS, LT, LT+, LTZ ga oʻzgardi (siljidi). Lekin komplektatsiyalar oʻzgarishsiz qoldi. 2013-yilning martidan boshlab 2 litrli dizel dvigatellar modifikatsiyalari paydo boʻldi.
Havfsizlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galireya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Orqa ko'rinishi
- Chevrolet orlondo orqa tomonidan koʻrinishi
- Chevrolet Orlandoning ikkinchi avlodi 2018-h.v.
- Ikkinchi avlod orqa qism 2-rasm
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Opisanie Chevrolet Orlando“. 2013-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-iyul.
- ↑ …dvigatelyami i KPP, imeyut podklyuchaemiy polniy privod., 2013-08-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-12