Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi IV chaqirigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi
Ouzbékistan Chambre législative 2020.svg
     OʻzLiDep (53)
     Milliy tiklanish (36)
     Adolat (24)
     XDP (22)
     OʻEP (15)
Qisqa maʼlumot
Qonunchilik organi Oliy Majlis
Uchrashuv joyi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Muddati 6-yanvar, 2020-yil(2020-01-06) – 2025-yilda
Saylov 22-dekabr 2019-yil (1-tur)
5-yanvar 2020-yil (2-tur)
Hukumat      OʻzLiDep
     Milliy tiklanish
Oppozitsiya      Adolat
     XDP
     OʻEP
Vebsayt https://parliament.gov.uz/
Aʼzolar 150
Spiker Nurdinjon Ismoilov
Spikerning birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov
Spikerning oʻrinbosarlari Aktam Hayitov (OʻzLiDeP)
Alisher Qodirov (Milliy tiklanish)
Zuxra Ibrohimova (Adolat)
Ulugʻbek Inoyatov (XDP)
Xayrillo Gapporov (OʻEP)
Qoʻmitalar raislari Sharofiddin Nazarov
Jahongir Shirinov
Mavludaxon Xoʻjaeva
Yelena Borisova
Erkin Salixov
Dilorom Fayziyeva
Vaxobjon Muratkabilov
Ravshan Mamutov
Erkin Zohidov
Shuxrat Bafayev
Ilhom Abdullayev
Devon rahbariyati Komiljon Ernazarov (rahbar)
Boburjon Rajapov (rahbar oʻrinbosari)
Jasur Jumayev
Abdurashid Abduqodirov
Saida Joʻrayeva
Nodirbek Ergashev
Aziz Saribayev
Raxmiddin Musayev
Aʼzamjon Saidov

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining toʻrtinchi chaqirigʻi 22-dekabrning 2019-yilida (1-tur) va 5-yanvarning 2020-yilida saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi 2025-yilgacha oʻzining vazifasini ijro etadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitsiyasining 76-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasi (quyi palata) Senat (yuqori palata) bilan birga besh yilga saylanadi (76-moddasiga binoan)[1]. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida tartqatib yuborilishi mumkin (95-moddasiga binoan)[2]. Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilsa, yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palataga boʻlingan: Senat (yuqorgi palata) va Qonunchilik palatasi (pastki palata). Qonunchilik palatasining spikeri 12-yanvar 2015-yilda beri Nurdinjon Ismoilov boʻlib kelmoqda.

Saylov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi uchun saylovlar ikki turda oʻtdi, 22-dekabrning 2019-yilida va 5-yanvarning 2020-yilida. Saylovda 5ta partiya qatnashishga muvofiq boʻldilar. Saylovda yangi partiya — Oʻzbekiston ekologik partiyasi qatnashdi. Avval Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston ekologik harakati mavjud edi va u 15 deputatlardan iborat boʻlgan edi. Ushbu qonun 25-iyun 2019-yilida oʻz kuchini yoʻqotdi va harakat partiyaga oʻzgartirildi[3]. Shunday qilib saylovda quyidagi beshta partiyalar ishtirok etdilar: Liberal demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish partiyasi", "Adolat" partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiyasi.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi 150 deputatdan iboratdir. Saylovning ikkit turiga binoan deputatlar tarkibi quyidagidan iborat[4]:

Deputatlar

soni tarkibi

Yoshi boʻyicha

tarkibi

Yoshi

(foizda)

Millatlari

boʻyicha tarkibi

Kasbi boʻyicha

tarkibi

Kasbi

(foizda)

OʻzLiDep 53 oʻrin 25-30 9 kishi 6 % oʻzbeklar 130 kishi Fan-taʼlim sohasi 32 21 %
"Milliy tiklanish" 36 oʻrin 30-50 97 kishi 65 % qoraqolpoqlar 5 kishi Bank, moliya va

iqtisod sohasi

23 15 %
Adolat 24 oʻrin 50+ 44 kishi 29 % ruslar Huquqshunoslar va

siyosatshunoslar

21 14 %
XDP 22 oʻrin tojiklar 3 kishi Jamoatchilik va

nodavlat-notijorat tashkilotlari

21 14 %
OʻEP 15 oʻrin qozoqlar Qishloq xo‘jaligi

sohasi mutaxassislari

12 8 %
koreyslar 2 kishi Tibbiyot sohasi 9 6 %
qirgʻizlar 1 kishi Qurilish,

kommunikasiya, transport va sohasi

9 6 %
turkmanlar Tadbirkorlar 7 5 %
OAV sohasi 6 4 %
Boshqa sohalar 10 7 %

Fraksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Logotipi Qisqa nomi Toʻliq Siyosiy mafkurasi Siyosiy pozitsiyasi
Logo of the Uzbekistan Liberal Democratic Party.svg OʻzLiDep Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -

Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi

Liberalizm, konservativ-liberalizm,

sekularizm, antikommunizm

Sentrizm
O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining logotipi.png Milliy tiklanish Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“

demokratik partiyasining fraksiyasi

Natsional-konservatizm Oʻng
Logo of the People's Democratic Party of Uzbekistan (2021).svg XDP Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining

fraksiyasi

Sotsial-demokratiya Chap-sentrizm
Adolat Sotsial Demokratik Partiyasi.png Adolat Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik

partiyasining fraksiyasi

Sotsial-demokratiya, leyborizm Chap-sentrizm
Logo of the Ecological Party of Uzbekistan (2021).svg OʻEP Oʻzbekiston Ekologik partiyasining fraksiyasi Yashil siyosat, atrof-muhit himoyasi Sentrizm

Kengash tarkibi[5][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spkeri — Nurdinjon Ismoilov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari — Akmal Saidov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari — Aktam Hayitov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — „Milliy tiklanish“ DP fraksiyasi rahbari — Alisher Qodirov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari — Zuxra Ibrohimova
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — OʻzXDP fraksiyasi rahbari — Ulugʻbek Inoyatov
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari — Xayrillo Gapporov
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining Qonunchilik palatasida axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Odiljon Tojiyev

Qoʻmitalar raislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi — Sharofiddin Nazarov
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi — Jahongir Shirinov
  • Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi — Mavludaxon Xoʻjaeva
  • Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi — Yelena Borisova
  • Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi — Erkin Salixov
  • Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi raisi — Dilorom Fayziyeva
  • Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi — Vaxobjon Muratkabilov
  • Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi — Ravshan Mamutov
  • Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi — Erkin Zohidov
  • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi — Shuxrat Bafayev
  • Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi — Ilhom Abdullayev

Qonunchilik palatasi devoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni xodimlarining roʻyxati koʻrsatilgan (6-iyun 2022-yil maʼlumotlariga binoan)[6]:

Devon rahbariyati
Ism Boshqarma nomi
1 Komiljon Ernazarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining rahbari
2 Boburjon Rajapov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari
3 Maʼlumot yoʻq Kotibiyat boshligʻi
4 Maʼlumot yoʻq Yuridik boshqarma boshligʻi
5 Maʼlumot yoʻq Davlat byudjeti boshqarmasi boshligʻi
6 Maʼlumot yoʻq Matbuot xizmatining rahbari — Matbuot kotibi
7 Jasur Jumayev Axborot-tahlil boʻlimining mudiri
8 Abdurashid Abduqodirov Nazorat va monitoring boʻlimining mudiri
9 Saida Joʻrayeva Lingvistik ekspertiza va tahririyat boʻlimining mudiri
10 Maʼlumot yoʻq Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimining mudiri
11 Nodirbek Ergashev Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimining mudiri
12 Aziz Saribayev Axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimining mudiri
13 Raxmiddin Musayev Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimining mudiri
14 Aʼzamjon Saidov Moliya, hisob va hisobot boʻlimi mudiri — Bosh buxgalteri

Deputatlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
  2. „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
  3. „О ВНЕСЕНИИ ИЗМЕНЕНИЙ И ДОПОЛНЕНИЙ В ЗАКОН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН «О ВЫБОРАХ В ОЛИЙ МАЖЛИС РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН»“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
  4. „2019-YIL 22-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLIGIGA SAYLOV“. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
  5. „ҚОНУНЧИЛИК ПАЛАТАСИ КЕНГАШИ: КЕНГАШ ТАРКИБИ“. Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
  6. „ҚОНУНЧИЛИК ПАЛАТАСИ ДЕВОНИ“. Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.