Zuxra Ibrohimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zuxra Ibrohimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1965
Qoraqalpog'iston
Siyosiy partiyasi Adolat" sotsial-demokratik partiyasi
Maʼlumoti Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Ibrohimova Zuxra Ametovna (tug'. 1965-yil 20-noyabr; To'rtko'l tumani, Qoraqalpog'iston Respublikasi, O'zbekiston SSR, SSSR) - o'zbek siyosatchisi, pediatr. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisining o'rinbosari. O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi a'zosi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari. Xotin-qizlar qo'mitasi raisi (2010 yildan)[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibragimova Zuxra Ametovna 1965-yil 20-noyabrda Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan. 1991-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini pediatr sifatida oliy ma'lumotga ega bo'lgan holda tugatgan. Xuddi shu yili u Beruniy tumani markaziy kasalxonasida shifokor bo'lib ishlay boshladi. 1992-yildan 2002-yilgacha Ellikqal'a tumanidagi "Kirkkiz" va "Guldursin" qishloq vrachlik punktlarida pediatr bo'lib ishlagan. 2002-2003-yillarda Ellikqal'a tumanining Qumbaskan qishloq o'quv markazining rahbari. Keyinchalik, 2003-yildan 2004-yilgacha u Ellikqal'a tumani markaziy kasalxonasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha o'rinbosari bo'lib ishlagan. 2004-yilda u Ellikqal'a tumani hokimining o'rinbosari va Xotin-qizlar qo'mitasi raisi etib tayinlandi va u yerda 2010-yilgacha ishladi[3][4][5][6].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

II darajali "So'g'lom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (28.08.2019)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://ht.gov.uz/%D0%BCk-%D1%80%D0%B5%D1%81%D0%BF%D1%83%D0%B1%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D0%B8-%D0%BA%D0%B0%D1%80%D0%B0%D0%BA%D0%B0%D0%BB%D0%BF%D0%B0%D0%BA%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%BD-%D1%81%D0%BE%D1%81%D1%82%D0%B0%D0%B2/
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  3. https://elections.uz/ru/lists/candidates
  4. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  5. https://lex.uz/docs/5107585
  6. https://www.lex.uz/ru/docs/5296301