Mavludaxon Xoʻjaeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavludaxon Xoʻjaeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-oktyabr 1962-yil (1962-10-04) (61 yosh)
Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi pediatr
Maʼlumoti Toshkent tibbiyot pediatriya instituti
Mukofotlari

Mavludaxon Islomovna Xoʻjaeva (tugʻ. 1962-yil 4-oktyabr, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek pediatri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III va IV chaqiriqlari deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavludaxon Xoʻjaeva 1962-yil 4-oktyabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1985-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) pediatr mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.[1]

1985-1989-yillarda Qoʻqon shahar bolalar kasalxonasida pediatr, soʻngra Qoʻqon shahar chaqaloqlar uyida, keyinchalik bosh vrach boʻlib ishlagan.

Mavludaxon Xoʻjaeva 2000-yildan 2004-yilgacha Qoʻqon shahar hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha oʻrinbosari, 2004-2014-yillarda esa Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi[2], shuningdek, mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yilda ushbu qoʻmita raisi etib saylandi.

2018-yildan beri ixtiyoriy asosda Liberal-demokratik partiyaning Ayollar boʻyicha siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida ishlaydi.

2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  2. „Избраны председатели комитетов нижней палаты парламента“ (ru). elections.uz. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  3. „Руководство“. O'zLiDeP. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.